So’nggi yangiliklar

00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  0 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  23 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  1 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1 19:502024 йил ёзининг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Мавсум улар учун қандай ўтди?   1 19:22"Тоттенхэм" "Арсенал"ни майдон марказидан урилган гол эвазига ютди  0

“Metallurg” – “Qo'qon-1912” prevyu Yangiliklar

“Metallurg” – “Qo'qon-1912” prevyu

16 mart kuni "Qo'qon-1912" superliga 3-tur doirasida Bekobodning “Metallurg” klubi mehmoni bo'ladi. Mazkur uchrashuvga doir malumotlar bilan tanishtirib o'tamiz.


17-to'qnashuv

O'zbekiston chempionatida bu jamoalar shu kunga qadar 16 marta to'qnash kelishgan. Mazkur uchrashuvlarning sakkiztasida qo'qonliklarning qo'li baland kelgan. Oltita bahsda “Metallurg” g'alaba qozongan. Ikkita o'yinda durang natija qayd etilgan.

To'plar nisbati – 27-24 "Qo'qon-1912" foydasiga. O'zaro o'yinlarda “Qo'qon-1912” 26 ochkoni qo'lga kiritgan. Bekobodliklar hisobida 20 ochko mavjud.


Yirik g'alabalar

Vodiy klubi ushbu jamoani uch marta yirik hisobda dog'da qoldirishgan – 1999 yilda 5:1, 2003 yilda 4:0, 2017 yilda 3:0. O'z navbatida “Metallurg” ham ikki marta qo'qonliklarni yirik hisobda mag'lub etgan – 2000 yilda 6:1, 2017 yilda 3:0.

O'zaro o'yinlarda qayd etilgan duranglar esa ushbu jamoalarning birinchi va ikkinchi uchrashuvlarida yani, 1998 yildagi bahslarda qayd etilgan. 19 yildan beri bu klublar to'qnashuvida durang natija kuzatilayotgani yo'q.


Bekoboddagi o'yinlar haqida

Jamoalarning Bekobodda o'tkazilgan sakkizta o'yinida olti marta mezbonlar zafar quchishgan.  Qo'qonliklarning Bekoboddagi bahslarida bitta g'alaba va bitta durang natija qayd etilgan. “Qo'qon-1912” klubi 2002 yilda Bekoboddan uch ochko bilan qaytgan.

Bekobodda o'tgan uchrashuvlar:
22.09.2017  Metallurg  –  Qo'qon 1912   3:0
30.04.2016  Metallurg  –  Qo'qon 1912   3:1
06.06.2015  Metallurg –  Qo'qon 1912   2:1
14.05.2003  Metallurg –  Qo'qon 1912   3:1
23.03.2002  Metallurg  –  Qo'qon 1912   0:2
20.09.2000  Metallurg –  Temiryo'lchi  6:1
18.04.1999  Metallurg –  Temiryo'lchi  2:0
29.05.1998  Metallurg –  Temiryo'lchi  1:1


"Metallurg" haqida  

“Metallurg” jamoasi tarixi 1945 yilga borib taqaladi. Ikkinchi jahon urushi poyoniga etgandan so'ng, O'zbekistonning metallurglar shahrida  N.F.Ruckiy, A.Kuchkin, V.Li, V.Pak  singari fidoyi insonlar tashabbusi bilan futbol jamoasi tashkil etilgan.

1945 yildan 1969 yilga qadar jamoaning nomi “Bekobod” deb yuritilgan bo'lsa,  1969 yildan 1992 yilgacha “Cementchi” nomi ostida musobaqalarda ishtirok etgan. 1992-1998 yillarda bekobodliklar jamoasi “Madanchi” deb nomlangan. 1998 yildan etiboran Bekobod jamoasi “Metallurg” nomini olgan.

Jamoa turli musobaqalarda, jumladan, sobiq Ittifoq chempionati ikkinchi ligasida, Toshkent viloyati birinchiligi va Kubogi, KFK respublika jamoalari Birinchiligi va Kubogida, kasaba uyushma qo'mitalari jamoalari o'rtasidagi Respublika birinchiligida, “Millionlar Kubogi”da va boshqa musobaqalarda qatnashgan.

1991 yildan etiboran “Metallurg” futbol jamoasi O'zbekiston birinchiligi va Kuboklarida muntazam ishtirok etib kelmoqda.

“Metallurg” jamoasi 1997 yilda O'zbekiston  birinchiligida 2-o'rinni egallab, 1998 yilgi mavsumdan etiboran O'zbekiston chempionatida (Oliy liga) qatnashish huquqiga sazovor bo'ldi.

Jamoaning eng yaxshi natijasi 5-o'rin. 2002 yilda “Metallurg” O'zbekiston chempionatida beshinchi o'ringa sazovor bo'lgan.


Sobiq futbolchilar

O'tgan mavsumni “Qo'qon-1912” jamoasida o'tkazgan Nikita Ribkin endilikda bekobodliklar safida hakarat qilmoqda. Nikita sobiq jamoasiga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.


Murabbiylar

Yana bir qiziq malumot. Ushbu jamoalarni boshqarayotgan har ikki bosh murabbiy – Andrey SHipilov va No'mon Hasanovlar “Paxtakor” jamoasida birga ishlashgan. Ushbu bahs ularning bosh murabbiylikdagi birinchi to'qnashuvi bo'ladi.

 
Hakamlar

“Metallurg”(Bekobod) – “Qo'qon-1912” (Qo'qon) o'rtasidagi uchrashuvni Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradigan bo'lishdi.

“Metallurg” – “Qo'qon-1912”
Hakamlar: 
V. Agishev (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), B. Yulcharaev (Guliston).
Nazoratchi – I. Nexochin (Namangan).
Komissar – R. CHernikov

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика