So’nggi yangiliklar

12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  1 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  4 11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  8 09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1 09:01Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  20 08:33"Пахтакор" "Сурхон"ни қийинчилик билан мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:07Суперлига. Бугун 23-тур якунланади  9 07:30Суперлига. "Пахтакор" – "Сурхон" 1:0   0 01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  15 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  10 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  5 00:00ОФК ЭЧЛ. Ҳамробеков жамоаси дуранг ўйнади  0

“Metallurg” nazorat uchrashuvida “Qo'qon 1912”ga imkoniyatni boy berdi Yangiliklar

“Metallurg” nazorat uchrashuvida “Qo'qon 1912”ga imkoniyatni boy berdi

Mavsumga hozirlik ko'rayotgan “Metallurg” jamoasi “Qo'qon 1912” jamoasi bilan kuch sinashdi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Birinchi taymda bekobodliklar asosiy tarkibda harakat qildi va ularda hisobni ochish uchun bir qator imkoniyatlar bo'ldi. Ammo jamoalar tanaffusga 0:0 hisobida chiqib ketishdi. Ikkinchi taymda esa “Metallurg” murabbiylari yoshlar tarkibini hamda jamoada ko'rikda bo'lib turgan futbolchilarni maydonga tushirdi. Vodiyliklar murabbiyi Murod Ismoilov esa aksincha o'yin boshidagi tarkibni saqlab qoldi va taym davomida yangi kuchlarni maydonga tushirib, o'yin tempini oshirib bordi. Bekobodliklarda yosh o'yinchilar tom manoda o'zlarini ko'rsatishga urinishdi. CHiroyli, hujumkor futbol ko'rsatishlari barobarida tajribasizliklari bois juziy kamchiliklarga ham yo'l qo'yib turishdi. Natijada shunday xatolardan biri darvozaning ishg'ol etilishi bilan yakunlandi.


“Metallurg” – “Qo'qon 1912” – 0:1 (0:0).
Hakamlar:
Olim To'ychiboev, Doniyor Saylavov, Nabijon Ro'ziev.
“Metallurg” (1-taymda): Suhrob Sultonov, Mirg'iyos Sulaymonov, Hikmat Hoshimov, Davron Karimqulov, Murod Toshmatov, Dilmurod Karimov, Doniyor Odilov, Said Abdujabborov, Ruslan Vagapov, Ayubxon No'monov, Zohid Abdullaev.
“Metallurg” (2-taymda): Timur To'ychiev, Jasur Ahmedov, Omam-Biyik Xalilov, Ulug'bek Xudoyorov, Jasur Ahmedov, Sunnat Ermatov, Ulug'bek Boqiev, Ozod Komilov, Siroj Toshpo'latov, Ulug'bek Dadaboev, Sardor Rasulov.

Endi “Metallurg” futbolchilari navbatdagi ikki uchrashuvni “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonida mezbonlarning yoshlar tarkibi – “Bunyodkor-2” (16 yanvar) hamda “Mashal” (19 yanvar) jamoalariga qarshi o'tkazishadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика