So’nggi yangiliklar

07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  0 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  2 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  2 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  26 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3

“Metallurg” nazorat uchrashuvida g'alaba qozondi Yangiliklar

“Metallurg” nazorat uchrashuvida g'alaba qozondi

Teglar :  Metallurg
Yangi mavsumga hozirlik ko'rayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi “Paxtakor” yoshlar tarkibiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Uchrashuv taqdirini hal etgan yagona gol o'yinning 27-daqiqasida “Metallurg” sardori Zohid Abdullaev tomonidan kiritildi.

Bevosita uchrashuv tafsilotlariga to'xtaladigan bo'lsak, o'yin bekobodliklarning to'liq ustunligi ostida o'tdi. Agar poytaxt viloyati vakillari yaratilgan barcha vaziyatlardan unumli foydalanishganida hisob yirik ko'rinish olgan bo'lardi. Birgina Zohid Abdullaevning o'zi raqiblar darvozasini kamida to'rt-besh marta ishg'ol etishi mumkin edi. SHuningdek, qulay vaziyatlar Doniyor Ismoilov, Muhammadjon Sultonov, Alisher Ziyovuddinov, Ixtiyor Toshpo'latovlarda ham bo'ldi. Bir so'z bilan aytganda bekobodliklarning tajriba borasida bir bosh ustunligi sezilib turdi. O'z navbatida yosh paxtakorchilardagi g'ayrat-shijoat, so'nggi soniyalargacha kurashga chanqoqlik kabi xislatlarni ham takidlab o'tgan bo'lardik.

“Metallurg” navbatga ko'rik uchrashuvini kelgusi shanba kuni “Oqtepa” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

“Metallurg” – “Paxtakor” (yoshlar) – 1:0. Qibray. 6 yanvar 2018 yil. Nazorat uchrashuvi.
Hakamlar: 
SHerzod Qosimov, Alisher Usmonov, Sanjar SHoyusupov.
Nazoratchi: Rahmatillo Qoratoev.
“Metallurg”: Nikita Ribkin, Mirg'iyos Sulaymonov, Abror Xusinov, Sirojiddin Allaev, Abror Toshqo'ziev, Jahongir Abdumo'minov, Ayubxon No'monov, Islom Isoqjonov, Alisher Ziyovuddinov, Ixtiyor Toshpo'latov, Zohid Abdullaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Zafar Safaev, Doniyor Ismoilov, Dilmurod Karimov, Muhammadjon Sultonov, Muhammadodil Qahramonov, Alisher Mirzaev, SHaxzod SHaymanov, Xudoyshukur Sattorov, Doniyor Hoshimov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика