So’nggi yangiliklar

08:44EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  0 08:21Sofascore. "Андижон" футболчилари кечаги учрашувдаги ҳаракатлари қандай баҳоланди?  2 07:53Винисиус Жуниор дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчисига айланиши мумкин  0 07:15ОЧЛ-2. "Андижон" – "Ал Аҳли" 0:0   0 02:10ЕЧЛ. "Арсенал", "Боруссия Д" ва "Наполи"да ғалаба "Юве"да дуранг ва бошқа натижалар  14 02:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Монако" билан дуранг ўйнади  6 01:55ЕЧЛ. ПСЖ Рамушнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига "Барселона"ни мағлубиятга учратди  168 01:20ОЧЛ 2. "Ал Ҳалдия" ўз уйида "Арқадағ"ни мағлубиятга учратди. "Андижон" жойлашган гуруҳда ҳолат қандай?  3 01:01Сардор Азимов: "Биринчи бўлимда гол уришни мақсад қилгандик. Жамоада муҳит аъло даражада"  3 00:31"Барса" тез орада де Йонг билан шартномани узайтиради  0 00:06ЕЧЛ. "Ньюкасл" йирик ғалаба қайд этди, "Қорабоғ" "Копенгаген"ни енгди  3 23:42Қозоғистонлик тадбиркор "Реал"дан бешта гол ўтказган "Қайрат"нинг 18 ёшли дарвозабонига машина совға қилди  5 22:50Максим Шацких: "Энг муҳими гол ўтказмаслик ва нолга ўйнаш. Реализация эса кун келиб яхшиланади"  16 22:32"Элче" "Барса"га қарши ўйин анонсида учрашув "Камп Ноу" стадионида ўтказилишини маълум қилди  0 21:54"Ал Аҳли" устози: "Дурангдан қониқмадик, аммо натижа адолатли бўлди. Бу каби атмосферани маҳаллий чемпионатда доим ҳам кўравермаймиз"  10

“Metallurg” g'alabasida 18 yoshli Javohirning hissasi Yangiliklar

“Metallurg” g'alabasida 18 yoshli Javohirning hissasi

“Mashal” – “Metallurg” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda hisobning tenglashishini taminlagan Javohir Esonqulov o'zining O'zbekiston chempionatidagi birinchi golini 18 yoshu 325 kunligida kiritdi.

O'yinning 52-daqiqasida kiritilgan gol esa o'z navbatida mehmonlar kayfiyatining yanada ko'tardi. Bu vaziyatda bekobodliklar hujumni markazdan tashkil etishdi. Dilmurod Karimov tomonidan uzatilgan to'pga Zohid Abdullaev eta olmadi. Jamoadoshini yolg'izlatib qo'ymaslik uchun o'ng qanotdan yurishini davom ettirayotgan Javohir Esonqulov esa to'pni egallab oldi va o'tkir burchak ostida oyoqlarining uchi bilan zarba berdi. “Mashal” posboni jamoasini goldan saqlab qololmadi.

SHu kuni “Metallurg”ning yosh hujumchisi ikkinchi golning kiritilishida ham bevosita ishtirok etdi. Maydon markazida Zohid Abdullaevga nisbatan o'yin qoidasi buzildi. Bekobodliklar tezlik bilan jarima to'pini tepishdi. Dilmurod karimov to'pni o'ng qanotdagi jamoadoshi Javohir Esonqulovga uzatib berdi. Javohir esa o'z navbatida Mirg'iyos Sulaymonovning himoyachilarni chalg'itishidan unumli foydalanib, to'pni jarima maydoniga uzatdi. O'ng qanotdan hech kimning taqibisiz jarima maydoniga yugurib kelayotgan Saidjon Abdujabborov to'pni boshi bilan urib, darvoza to'riga tushirdi. O'zining mamlakat milliy chempionati ikkinchi uchrashuvida maydonga tushgan Javohir Esonqulov bitta gol kiritdi va bitta golga assistentlik qilib, jamoasining g'alabasiga munosib ulush qo'shdi.

Bazi manbalarda gollar va assistentlar borasida noaniq malumotlar berilganligi bois, “Metallurg”ning uchinchi goliga ham to'xtalamiz. “Mashal” futbolchilari 84-daqiqada to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishgach, Mirg'iyos Sulaymonov to'pni yon chiziqdan jarima maydoniga tashlab berdi. Himoyachilar to'pni yana qaytarishdi. Bu safar hammadan oldin to'pga Sulaymonov etib keldi va uni jarima maydoni ichiga uzatdi. Zohid Abdullaevning bosh bilan to'p yo'nalishini o'zgartirgandi, ammo to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Zohid esa ikkinchi urinishda to'pni darvozaga kiritib, chempionatdagi gollari sonini 3 taga etkazib oldi.

"Mashal" - "Metallurg" - 1:3 (1:0). 11 mart 2016. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 4210 tomoshabin.
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy) - 8,4, N. Ro'zimov (Toshkent) - 8,3, R. No'monov (Toshkent) - 8,3, A. Ergashev (Toshkent) - 8.
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).

Gollar: Zafar To'raev 13, - 1:0 (Jamshid Hasanov), Javohir Esonqulov 52, - 1:1 (Dilmurod Karimov), Saidjon Abdujabborov 73, - 1:2 (Javohir Esonqulov), Zohid Abdullaev 84, - 1:3 (Mirg'iyos Sulaymonov).
 

"Metallurg" matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика