So’nggi yangiliklar

14:30Кападзе ФИФА кунларида терма жамоа бошқарувида бўлади  1 14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  2 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  3 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  3 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  3 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  5 11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  8 09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1 09:01Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  21 08:33"Пахтакор" "Сурхон"ни қийинчилик билан мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:07Суперлига. Бугун 23-тур якунланади  9

“Metallurg” “Bunyodkor” yoshlarini mag'lub etdi Yangiliklar

“Metallurg” “Bunyodkor” yoshlarini mag'lub etdi

Teglar :  BunyodkorMetallurg
Yangi mavsumga hozirlik ko'rayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi kecha poytaxtimizda “Bunyodkor” jamoasi yoshlar tarkibiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

O'yin “Bunyodkor” akademiyasi maydonida bo'lib o'tdi.

Qo'qonliklarga qarshi o'yinda bo'lgani kabi “Metallurg” ustozlari bu safar ham mashg'ulotlarda qatnashayotgan barcha futbolchilarni sinab ko'rishdi. Birinchi taymda asosiy tarkib o'yinchilari faoliyat yuritishgan bo'lishsa, ikkinchi taymda yoshlar tarkibi azolari katta etibor qaratildi.

O'yinda birinchi bo'lib hisobni mezbonlar ochishdi. Bekobodliklarning himoyadagi ehtiyotsizligidan unumli foydalangan Hikmat Ergashev shogirdlari oldinga chiqib olishdi. Bu vaziyatda asosiy tarkib bilan xorij yig'iniga keta olmay qolgan SHokir Zuagining mahoratini ham alohida takidlab o'tish lozim. Ammo mahorat va tajriba borasida ustunlikka ega bo'lgan “Metallurg” tezda o'z so'zini aytdi. Birinchi bo'limning o'zidayoq “Metallurg” hisobni tenglashtirib oldi. Jarima maydoniga kirmasdan berilgan zarba gol bilan yakunlandi. Gol muallifi Dilmurod Karimov bo'ldi.

Ikkinchi taymda ham suratni bo'shashtirmagan bekobodliklar ko'plab imkoniyatlarga ega bo'lishgan ersa-da, ulardan faqat bittasi darvozaning ishg'ol etilishi bilan yakunlandi. CHap qanotdan hujumni Murod Toshmatov boshlab berdi va uning jarima maydoniga yuqorilatib etkazib bergan to'piga Zohid Abdullaev birinchi bo'lib etib keldi va boshi bilan to'pning yo'nalishini o'zgartirdi – 2:1. Bu hisob o'yin oxirigacha o'zgarmasdan qoldi.

“Metallurg” keyingi nazorat uchrashuvini 19 yanvar kuni “Mashal” jamoasiga qarshi o'tkazadi.
 

“Metallurg” – “Bunyodkor” (yoshlar) – 2:1 (1:1).

Hakamlar:
Igor Garmashov, Bahodir Bahromov, Olim Abduvosilov.

“Metallurg”:  Zafar Safoev (Timur To'ychiboev, 75), Mirg'iyos Sulaymonov, Hikmat Hoshimov (Jasur Ahmedov, 46), Davron Karimqulov (Ulug'bek Xudoyorov, 46), Murod Toshmatov, Dilmurod Karimov(Sunnatilla Ermatov, 65), Doniyor Odilov (Ulug'bek Boqiev, 46), Said Abdujabborov(Ozod Komilov, 60), Ruslan Vagapov(Siroj Toshpo'latov, 65), Ayubxon No'monov (Sardor Rasulov, 40), Zohid Abdullaev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика