So’nggi yangiliklar

12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  0 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  5 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  6 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  10 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчисига таклиф билан чиқди  3 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  5 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  2 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  1

"Metallurg" bugun Turkiyada Armanistonning amaldagi chempioni bilan o'ynaydi Yangiliklar

"Metallurg" bugun Turkiyada Armanistonning amaldagi chempioni bilan o'ynaydi

Teglar :  MetallurgPyunik
Navbatdagi yig'inni xorijda o'tkazayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi bugun Turkiya safaridagi birinchi nazorat uchrashuvini o'tkazadi.

Raqib Armaniston chempionatining peshqadami – Erevanning “Alashkert” jamoasi bo'ladi.

“Alashkert” futbol klubi 1990 yilda tashkil etilgan, Armaniston milliy chempionatining ilk mavsumida qatnashgan. 2000 yilga kelib jamoa tarqatib yuborilgandi. 2011 yilda klub mutasaddilari jamoani qaytadan tashkil etishga muvaffaq bo'lishdi. Jamoa 2015 yildan buyon ketma ket uch marta mamlakat chempioni degan sharafli nomga sazovor bo'ldi. 2016, 2018 yillarda mamlakat Superkubogini qo'lga kiritdi. Ayni paytdaArmaniston chempionatida “Alashkert” 17 uchrashuvning 10 tasida g'alaba qozonib, 3 tasida durang o'ynagan, 4 ta uchrashuvda imkoniyatni boy bergan va 33 ochko jamg'argan holda birinchi o'rinda borayapti. Gollar nisbati – 20:10. “Alashkert” ikkinchi o'rinda borayotgan “Bananc”ni 4, “Pyunik”ni esa 6 ochkoga ortda qoldirmoqda. Armaniston chempionatining bahorgi qismi 3 mart sanasidan davom etiriladi.

Bekobodliklarning Turkiya safaridagi boshqa raqiblarining ham nomi malum bo'ldi. Andrey SHipilov jamoasi 2 fevral sanasida Bolgariyaning CSKA 1948 FK bilan kuch sinashsa, 5 fevral kuni Qozog'istonning “Akjayik” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bekobodliklarning Turkiya safaridagi oxirgi uchrashuvi 8 fevral sanasiga rejalashtirilgan bo'lib, raqib Rossiyaning “Leningradec” jamoasidir.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика