So’nggi yangiliklar

17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   2 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  1 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  1 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  5 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  6 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1

Superliga. "Metallurg" "Andijon" ustidan ishonchli g'alabaga erishdi Yangiliklar

Superliga. "Metallurg" "Andijon" ustidan ishonchli g'alabaga erishdi

Superliganing 20-turidan o'rin olgan "Metallurg" – "Andijon" uchrashuvi yakunlandi.

Coca Cola Superligasi

20-tur

"Metallurg" – "Andijon" 2:0  
27 sentyabr 2023 yil. Olmaliq, OKMK stadioni. 18:00
Hakamlar:
Firdavs Norsafarov, SHohruh Yo'ldoshev, Jasur Rustamov, Sardor Ismatullaev.
VAR: Nayim Qosimov
AVAR: Nikita Afinogenov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Diyor Xotamqulov.

Gollar: SHahzod Ubaydullaev 34', Daler SHaripov 69'

"Metallurg":
87.Akmal Ortiqov, 3.Danial Mahini, 4.Kerim Palich, 8.Iskandar SHaykulov (23.Behruz SHodmonov, 81), 9.Zabihillo O'rinboev, 14.Abrorbek Toshqo'ziev, 15.Sardor Abduraimov, 17.Rizo Yazdando'st, 19.Ergash Ismoilov (24.Ro'ziboy Fayzullaev, 90+3), 77.SHahzod Ubaydullaev (20.Daler SHaripov, 61), 97.Muhammadali Aliqulov.
Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 6.Xudoyshukur Sattorov, 7.Husniddin G'ofurov, 8.Damir Temirov, 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 70.Alisher Xayrullaev.

"Andijon": 72.Igor Litovka, 5.Abdulvohid G'ulomov, 8.Farhodbek Bekmurodov, 9.Levan Arveladze (19.Suhrob Berdiev, 58), 13.Sardor Azimov (94.Armin Boshnyak, 58), 15.Vladimir Bubanya, 17.Farhodjon Sohibjonov, 21.Ildar Mamatkazin (28.Islombek Mamatkazin, 71), 26.Muhammadkarim Toirov, 66.Ilhomjon Alijonov (14.Abdurahmon Komilov, 71), 99.Ruben Xebay (22.SHahboz Erkinov, 58).
Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 4.Dilshodjon Komilov, 10.Ilhomjon Abdug'aniev, 11.Sardor Abdunabiev.

Ogohlantirishlar: Abdurahmon Komilov (72), Suhrob Berdiev (79).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH




90+3. "Metallurg"da o'zgarish: Ergash Ismoilov o'rniga Ro'ziboy Fayzullaev bahsni tugatib qo'yadi.  

90. Ikkinchi taymning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shildi. 

86. Bosh hakam Firdavs Norsafarov VAR fikrini tingladi. Hammasi joyida. O'yin davom etadi. 

85. Vladimir Bubanya to'p Zabihillo O'rinboevning qo'liga tegdi deya etiroz bildirmoqda. Hakam esa o'yinni davom ettirish kerakligini ko'rsatdi. 

81. "Metallurg"da o'zgarish: Iskandar SHaykulov o'rniga Behruz SHodmonov maydonga tushdi. 

79. Suhrob Berdiev Zabihillo O'rinboevga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun sariq kartochka oldi. 

75. "Andijon" hujum qilishga shoshmoqda va hisobni qisqartirish harakatida. 

72. Abdurahmon Komilov hakam tomonidan ogohlantirildi. 

71. "Andijon"da 2 ta almashtirish: Ilhom Alijonov o'rniga Abdurahmon Komilov, Ildar Mamatkazin o'rniga Islombek Mamatkazin o'yinni davom ettiradi. 

69. GOL! Zaxiradan maydonga tushgan Daler SHaripov hisobni oshirdi – 2:0! U andijonliklar himoyasidagi pala-partishliklardan so'ng darvozaga yo'l topdi. 

67. Zarba! Sohibjonovning zarbasidan keyin Akmal Ortiqov to'pni egallab oldi. 

65. Zarbaaaa! Uuuux! Boshnyakning zarbasini himoyachi Aliqulov chiziq ustidan qaytarib qoldi! Dahshat! 

61. "Metallurg"da almashtirish: SHahzod Ubaydullaev o'rniga Daler SHaripov o'yinga qo'shildi. 

58. "Andijon"da 3 ta o'zgarish: Sardor Azimov o'rniga Armin Boshnyak, Levan Arveladze o'rniga Suhrob Berdiev, Ruben Xebay o'rniga SHahboz Erkinov maydonga tushirildi. 

52. Ruben Xebayning qulay uzatmasidan keyin Sardor Azimov to'pga etib bora olmadi va "Metallurg" vakili to'pga ega chiqdi. 

51. Abror Toshqo'zievning qanotdan oshirgan to'pi ichkariga qadar etib bormadi, jarayonga andijonliklar himoyachisi xalaqit qildi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Ikkinchi taym oldidan "Andijon" darvozasi to'ri tartibga keltirilmoqda.  

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

39. O'yin darajasi ancha ko'tarildi va jamoalar murosasiz kurash taklif etishmoqda. 

34. GOL! SHahzod Ubaydullaev himoyachining xatosidan so'ng Igor Litovkani ojiz qoldirdi – 1:0! 

30. "Metallurg"ning hujumlari tobora xavfli ko'rinish olmoqda.

27. Zarba! Zabihillo O'rinboevning bosh bilan bergan zarbasidan so'ng Igor Litovka to'pni ilib oldi. 

25. Zarbaaa! Bu gal Sardor Abduraimov darvozani nishonga olishga urindi, to'p darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi. 

24. Zarbaaaa! Zabihillo O'rinboevning uzoqdan yo'llagan zarbasi kuchli, ammo noaniq chiqdi.    

21. O'yin tempi unchalik yuqori emas. Jamoalar navbatma-navbat to'pni yo'qotishmoqda.  

15. Farhodjon Sohibjonov hujum chog'ida Muhammadali Aliqulovni yiqitdi. 

14. Muhammadali Aliqulov qanotda Ruben Xebayga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

10. Zarbaaa! Ergash Ismoilovning zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi. 

8. "Metallurg" faollikni oshirdi va futbolchilar o'zaro paslashib turishibdi. 

5. "Andijon" hujum uyushtirmoqda, "Metallurg" esa himoyalanish bilan band.

4. Hozircha raqiblar bir-birlarini o'rganishmoqda. 

1. O'yin boshlandi! 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика