So’nggi yangiliklar

00:33Шацких: "Ҳужумда эса бизга охирги узатма ёки зарба етишмади"  3 00:05Роналду 30 ёшга тўлганидан бери 450та гол урди  6 23:37Шавкат Мирзиёев - Ўзбекистон Миллий Олимпия қўмитасининг раиси  11 23:20"Ал Аҳли" муддатидан аввал кейинги босқичда, Роналдунинг голлари "Ал Насср"га 3 очко тақдим этди  16 22:54Элит ОЧЛ. "Истиқлол" ва "Пахтакор" ўртасидаги зерикарли ўйинда ҳисоб очилмади  43 22:30Ансу Фати Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  1 22:20"Барселона"нинг XXI асрдаги энг яхши футболчилари  13 21:25Британия топ-клублари Шотландия ёшлар терма жамоаси сардорини кузатишмоқда  0 20:45"Эвертон" собиқ футболчисига ҳайдовчи бўлиб ишлаш таклиф қилинди  1 19:45Элит ОЧЛ. "Истиқлол" – "Пахтакор". Таркиблар эълон қилинди. Машарипов бошланғич таркибдами?  18 19:20"Sky Sports"нинг Рубен Аморим билан жонли эфирда уюштираётган суҳбатини бузиб қўйган Эд Ширан кечирим сўради  0 18:55"Нефтчи" – "Насаф" баҳсида қаршиликлар футболчисини четлатиш учун асос бўлмаган — Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси  9 18:24"Астон Вилла" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 17:58"Реал" "Ливерпул"га қарши ўйин олдидан жиддий йўқотишга учради  21 17:31Салоҳ: "Деярли декабрь бўлди ва мен клубда қолиш учун бирорта ҳам таклиф олмадим"  4

Messining siri fosh bo'ldi. U o'yin paytida tabletka qabul qilar ekan Yangiliklar

Messining siri fosh bo'ldi. U o'yin paytida tabletka qabul qilar ekan

O'tgan mavsum CHempionlar ligasi yarim finalida "Barselona" o'z uyida "Liverpul"ni 3:0 hisobida taslim etdi, ikkinchi bahsda esa inglizlar ajoyib kambek namoyish etib, final yo'llanmasini naqd qilishdi.

Ammo hozir "Kamp Nou"dagi o'yinga to'xtalsak. O'sha uchrashuvda Messi qahramonga aylandi. U faoliyatidagi 600-golini urdi, 9 marta muvaffaqiyatli aldab o'tishni amalga oshirdi (hammadan ko'proq).


MESSI QANDAYDIR TABLETKALAR TANOVUL QILAR EKANMI?

"Liverpul" "Barselona"ni yugurishga majbur qildi. "Qizillar" Ispaniyadagi bahs mobaynida 111,132 km. bosib o'tgan bo'lsa, kataloniyaliklarning masofasi 109,717 km.ni tashkil qildi (odatdagidan 4 km. ko'p). Messi ham ko'p harakatlandi.


Har qanday holatda ham Leo boshqa forvardlardan kam yuguradi. Messi o'tgan mavsum o'rtacha har bir bahsda 7,5 km.ni bosib o'tgan bo'lsa, Robert Levandovski - 10 km, Krishtianu Ronaldu - 8,7 km, Dushan Tadich - 12 km. yugurgan. Messi kamharakat bo'lsada, o'yin paytida tabletka qabul qiladi.


"Liverpul"ga qarshi bahsda kameralar ushbu vaziyatni payqamadi. Ammo buni ko'pchilik biladi. Bu haqida 2017 yilning oktyabrida, "Olimpiakos"ga qarshi o'yindan keyin bilib qolishgan. O'shanda kameralar Leo getrasi orasidan qandaydir tabletkani olib, yutib yuborganini suratga olgan. Tezda shubha paydo bo'lgan. Messi doping qabul qiladimi? Yo'q, bu shunchaki glyukoza tabletkasi edi.

Glyukoza - monosaxaridlar orasidagi eng keraklilaridan biri hisoblanadi. Bu uglevod almashinuvidagi muhim komponent. U kamaysa odam sekinlashadi, uyqingiz kelaveradi, holsizlik kuzatiladi, etibor sustlashadi.


Messi - o'yin paytida bunday tabletkalar qabul qiladigan yagona futbolchi emas. SHunchaki unga bo'lgan etibor juda baland. Mana masalan, MYUga qarshi bahs oldidan "Barselona" xodimi Leoga tabletka bergani kameralar obektiviga tushib qoldi.

UGLEVODLAR NEGA MUHIM?


Football Medicine internet jurnalida o'yin paytida uglevodlar qabul qilish muhimligi haqida batafsil yozishibdi.


O'yin paytida mushak glikogeni energiya ishlab chiqaradi. U gyukoza qoldiqlaridan hosil bo'ladi. O'yin paytida glikogen 90dan 37%ga tushib ketadi. Natijada mushakning alohida tolalari energiyasidan ayriladi va bo'shab qoladi. Glikogen darajasi malum bir normadan tushib ketganida, turli harakatlardagi foydalilik foizi pasayadi. Siz osonlik bilan bajara oladigan harakat va fintlar o'xshamaydi, charchoq kuchaya boshlaydi.


Ikkinchi bo'limda futbolchilarning jismoniy va texnik ko'rsatkichlari pasayib ketishi hammaga malum: yugurish intesivligi darajasi kamayadi, to'pga egalik qilish, zarba va paslar foizi sezilarli darajada tushib ketadi. O'tgan mavsum CHempionlar ligasida gollar ko'proq 61-75 daqiqalar oralig'ida urilgan. Aynan glikogen pasaygan paytda. Buni taktik va strategik o'zgarishlar bilan tushuntirish mumkin, ammo ko'proq charchoq bunga muhit yaratadi.


Football Medicine tadqiqotiga ko'ra, o'yinga bir necha kun qolganda dietaning boy uglevodlari bilan tanadagi glikogen darajasini ko'tarish charchoq sekinlashishiga yordam beradi.


Uchrashuv davomida qondagi glyukoza koncentraciyasini barqaror ushlab turishda 

o'yindan oldin va bahs davomida uglevod tanovul qilish tavsiya qilinadi. Ammo buning o'ziga xos nozik nuqtalari bor.


Uglevod tanovul qilish o'yinning birinchi yarimida glyukoza darajasini ko'tarishga yordam beradi, ammo butun bahs qondagi glyukoza miqdorini ushlab tura olmaydi. Ikkinchi bo'limning dastlabki 15 daqiqasida baribir glyukozaning vaqtincha pasayishi - gipoglikemiya sodir bo'ladi. Gipoglikemiya o'yin paytida uglevodi bor ichimlik ichgan odamlarning 60%da sodir bo'ladi.


Bu jismoniy yuklamalar chaqiradigan insulinning tasirchanligiga bog'liq bo'lishi mumkin. Insulin - organizmdagi uglevodlar almashinuvini nazorat qiluvchi gormon. Uning asosiy vazifasi - qondagi glyukoza koncentraciyasini kamaytirish. Insulinning teskari effekti ham bor. Bazi sportchilarda qand kasali bor. Masalan, "Real" himoyachisi Nacho Fernandesda. U 12 yoshidan beri insulin qabul qiladi va doimo qondagi shakar va glyukoza miqdorini nazorat qilishi shart.


UGLEVODLAR QABUL QILISHNING IDEAL FORMULASI YO'Q


Uglevodlarning qondagi reakciya dinamikasi uni qabul qilish vaqtiga bog'liq. Hech bir holatda sportchi to'liq foydada bo'lmaydi.


Xotirjam holatda uglevod qabul qilsangiz qondagi glyukoza miqdori oshadi, u esa insulin ajralishiga sababchi bo'lib, har ikkisining qondagi darajasi normallashadi.


Agar uglevodni o'yin paytida, masalan, birinchi bo'limning o'rtasida qabul qilsangiz (Messi kabi) insulin ajralishi sekinlashadi va sizda oddiy qilib aytganda katta kuch paydo bo'ladi.


Qondagi glyukoza miqdori o'yin paytida qaror qabul qilish va malum bir harakatlarni bajarishda katta rol o'ynaydi. Masalan, qonda glyukoza ko'p bo'lsa siz tez o'ylaysiz, vaziyatni yaxshiroq tushunasiz. Biroq vaqtdan tashqari qanday uglevodlarni qabul qilish kerakligini bilish ham muhim.


Masalan, izomaltuloza, fruktoza, galaktoza yoki tregaloza kabi uglevodlarni katta dozada qabul qilsangiz, oshqozonda muammolar paydo bo'lishi mumkin. Bir necha yil oldin Messi o'yin paytida qayd qilganini eslasangiz kerak. Ammo so'nggi bor bunday holat 2016 yilning dekabrida bo'lgan.

O'shandan beri kameralar qarshisida Leo qayd qilmadi. Bu noto'g'ri uglevodlar tufayli sodir bo'lgani isbotlanmagan. Ammo shunga qaramay "Barselona" shifokorlari preparat qabul qilishning to'g'ri formulasini topdi deb taxmin qilish mumkin.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика