Akmal Shorahmedov: "Bizda rotaciya qiyin bo'lyapti. "Andijon"da 10-12 nafar kuchli futbolchi bor"
27 okt 21:58
Yangiliklar
Akmal Shorahmedov: "Bizda rotaciya qiyin bo'lyapti. "Andijon"da 10-12 nafar kuchli futbolchi bor"
Akmal Shorahmedov: "O'yinni yomon boshlamadik. Uchrashuvlar ko'pligi sabab bizga qiyin bo'lyapti, chunki bitta tarkib bilan o'ynayapmiz. Bugun ikki futbolchiga dam berib, rotaciya qilishga urindik.
Birinchi o'tkazilgan goldan so'ng jamoa o'ziga kela olmadi, ketma-ket shedevr gollar kirib ketdi. Futbolchi sifatida yaxshi bilaman, Chempionlar ligasidan so'ng milliy chempionat bahsida o'ynaydigan futbolchi o'ziga judayam ishonib yuboradi. Bunaqasi bo'lib turadi. Har bir o'yinda maydonga chiqib, kuchli jamoa ekanligimizni isbotlashimiz zarur. 0:1 ham, 0:4 ham mag'lubiyat, bundan katta tragediya yasash kerak emas. Aksincha, bunday mag'lubiyatlar jamoni birlashtiradi".
- "Andijon" xalqaro maydonda ham o'ynayapti. Bu mavsum jamoaga nima etishmayapti?
- Rotaciya qiyin bo'lyapti. Bizda 10-12 nafar kuchli futbolchilar bor, qolganlar yoshlar. Chempionlar ligasi uchun futbolchi olishga urindik, ammo ular ham jarohat olib qolishdi. Hozir bitta tarkib bilan o'ynashga majburmiz. Qachondir shunday holat bo'lishi kerak edi, mana "Surxon" bilan bahsda yirik mag'lubiyat qayd etildi.
- Tokotaev Markaziy Osiyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri. Bugun u 4ta gol o'tkazib yubordi, Erjan formada emasmi?
- Mag'lubiyat bu butun jamoaniki. Biz futbol doirasida xatolarni ko'rib chiqamiz. U aybdor, bu aybdor deyishdan foyda yo'q. Rotaciya uchun bizga futbolchilar etishmayapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar