Vinisius: "Hech kimni xafa qilmoqchi emasdik - na yosh futbolchilarni, na muxlislarni"
27 okt 14:50
Yangiliklar
Vinisius: "Hech kimni xafa qilmoqchi emasdik - na yosh futbolchilarni, na muxlislarni"
"Real" vingeri Vinisius Junior madridliklarning "El Klasiko"dagi (2:1) g'alabasidan so'ng bayonot berdi.
"Men barcha "Real" muxlislariga ularning ehtirosli qo'llab-quvvatlashlari uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Bu "El Klasiko" va bu o'yinlar har doim his-tuyg'ular va harakatlarga to'la. Biz xotirjam bo'lishga harakat qilamiz, garchi bu har doim ham oson bo'lmasa ham. Hech kimni xafa qilmoqchi emasdik — na yosh futbolchilarni, na muxlislarni. Biz shunchaki klubimiz ranglarini himoya qilish uchun maydonga chiqamiz va o'z vazifamizni bajarishimiz kerak, bugun aynan shunday bo'ldi. Hala Madrid", – dedi Vinisius.
"Real" – "Barselona" o'yini oxirida jamoalar o'rtasida janjal kelib chiqdi.
Avvalroq jamoa ustozi Xabi Alonso Vinisius Juniorning nojoiz xatti-harakatlariga munosabat bildirgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди
ЕЧЛ. Дастлаб гол ўтказиб юборган "Барселона" якунда "Айнтрахт"ни мағлубиятга учратди
"Хоразм" Суперлигада қолди, "Бухоро" Нукусга боради
Николя Пепе: "Роналду Месси ҳақида жуда кўп гапиради. "Наруто"да ким тинмай валдирайди? Саске. Ким жим юради? Наруто"
Fikrlar