Messining “poker”i “Barselona”ga “Eybar” ustidan yirik g'alaba keltirdi+FOTO+STATISTIKA
20 sen 2017 03:09
Yangiliklar
Messining “poker”i “Barselona”ga “Eybar” ustidan yirik g'alaba keltirdi+FOTO+STATISTIKA
Kamp Nouda kechgan bahsda maydon mezbonlar 6:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Kataloniyaliklar etakchisi Lionel Messi to'rtta gol urib o'z hisobiga “poker” rasmiylashtirgan bo'lsa, Denis Suares va Paulino ham gollar shousiga munosib hissa qo'shishdi.
SHu tariqa “Barselona” beshta uchrashuvdan 15 ochko to'plagan holda turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilishdi davom etmoqda. “Eybar” esa 6 ochko bilan 13-pog'onani band etgan.
Ispaniya chempionati, 5-tur.
Barselona – Eybar 6:1
Gollar:1:0 – 20, penalti Messi, 2:0 – 38 Paulino, 3:0 – 53 Denis Suares, 3:1 – 57 Enrik, 4:1 – 59 Messi, 5:1 – 62 Messi, 6:1 – 87 Messi.
Barselona – ter Stegen, Maskerano, Din, Nelson Semedu, Pike, Inesta (Serdji Roberto, 63), Buskets (Rakitich, 65), Denis Suares, Paulino, Deulofeu (Aleish Vidal, 75), Messi.
Eybar –Dmitrovich, Galves, Paulu Oliveyra, Junka, Kapa (Penya, 65), Dani Garsiya (Rivera, 77), Eskalante, Inui, Jordan, Arbilya, Enrik (SHarles, 72).
Ogohlantirish:Kapa (10), Galves (80).




Uchrashuv statistikasi:
“Barselona” 6-1 “Eybar:
Zarbalar: 11-13
Aniq to'p uzatmalar: 85%-79%
Xavfli vaziyatlar: 8-8
To'pga egalik qilish: 57%-43%.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar