Messi PSJ mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi
18 fev 2023 19:49
Yangiliklar


Messi PSJ mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi
Argentinalik hujumchi jamoasining "Lill"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan jamoaviy mashg'ulotlarida qatnashmadi.
Parij klubi navbatdagi o'yinini Liga 1 doirasida bo'lib o'tadigan "Lill" bilan o'yinda o'tkazadi. Argentina terma jamoasi sardori esa ushbu tayyorgarlik jarayonini o'tkazib yubordi. Manbaning takidlashicha, Messi yakka tartibda shug'ullangan.
Messining PSJ tarkibida o'tkazgan o'yini CHempionlar Ligasi 1/16 final bosqichi birinchi o'yinida "Bavariya" bilan kechgan bahs (0:1) edi. Franciya chempionatidagi keyingi o'yin esa erataga bo'lib o'tadi.
35 yoshli Messi parijliklar tarkibida ushbu mavsum jami 26 ta o'yinda maydonga tushdi va 15 ta gol urib, 14 ta golga hammualliflik qildi. Uning Franciya klubi bilan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar