So’nggi yangiliklar

20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  0 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  4 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  2 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  6

Messi: “Doimiy quvib yurgan orzum o'tgan yil oxirida amalga oshdi. Barchangizni quchib qolaman” Yangiliklar

Messi: “Doimiy quvib yurgan orzum o'tgan yil oxirida amalga oshdi. Barchangizni quchib qolaman”

JCH-2022 g'olibligini qo'lga kiritgan Lionel Messi yangi yil tabrigini yo'lladi.

“Yilning oxiri unutilmaydigan tarzda yakunlandi. Vanihoyat, doimiy quvib yurgan orzum amalga oshdi. Ammo bu muvaffaqiyatni eng yaxshilari ichida eng zo'ri bo'lgan qoyilmaqom oilam va doimo meni qo'llaydigan do'stlarim bilan nishonlay olmasam, hech narsaga arzimagan bo'lardi. Har yiqilganimda ular meni kurashishga undashdi.

Menga befarq bo'lmagan va qo'llab-quvvatlaydigan barcha odamlarni ham alohida aytib o'tmoqchiman. Ushbu yo'lni sizlar bilan baham ko'rish yoqimli. Qo'lga kiritgan yutuqlarimga mamlakatimning barcha aholisi, shuningdek, Parij, Barselona va boshqa ko'plab shaharlar hamda juda ko'p mehr-muhabbat oladigan mamlakatlarning qo'llashlarisiz erisha olmasdim. Umid qilamanki, bu yil barcha uchun mo'jizaviy bo'ldi va 2023 yilda baxtli bo'lishda davom etishingiz uchun barchangizga sihat-salomatlik, kuch-quvvat tilayman. Barchani quchib qolaman!”, deya yozgan Messi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика