Messi: "Bolalarning butun avlodi meni kuzatib ulg'aydi. Bo'lajak JCH oldidan ularning qo'llab-quvvatlashini his qilyapman"
		
		22 okt 2022 11:16
        Yangiliklar	
	
				
				Messi: "Bolalarning butun avlodi meni kuzatib ulg'aydi. Bo'lajak JCH oldidan ularning qo'llab-quvvatlashini his qilyapman"
PSJning argentinalik hujumchisi Lionel Messi 2022 yilgi Jahon chempionatida hamyurtlaridan kutayotgan qo'llab-quvvatlash haqida gapirdi.
			"Meni kuzatib ulg'aygan bolalarning butun avlodi bor. Ular 2021 yilda Amerika Kubogida Argentina bilan birga chempion bo'lganimni ko'rishdi va bu bizning ular bilan rishtalarimizni mustahkamladi. Meni butun mundial davomida qo'llab-quvvatlashlarini his qilyapman", – dedi Messi argentinalik jurnalist Pablo Giraltga bergan intervyusida.
PSJ hujumchisi Argentina terma jamoasi safida 164 ta o'yin o'tkazib, 90 ta gol urgan. Messi to'rtta Jahon chempionati va oltita Amerika Kubogi turnirlarida ishtirok etgan.
JCH-2022 Qatarda bo'lib o'tadi. Argentina terma jamoasi "C" guruhida Saudiya Arabistoni, Meksika va Polsha bilan o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	
            
                    Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
                    Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
                    Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
                    Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar