Messi: "Bahona qilmaymiz"
22 noy 2022 21:52
Yangiliklar
Messi: "Bahona qilmaymiz"
- VAR haqida nima deya olasiz?
- Bilmadim, VAR haqida boshqalar juda ko'p gapirishdi. Bu shunaqangi qiyin tizim. Nima ham deya olamiz, qarorlar shu tariqa chiqarilmoqda. SHunday qilinyaptimi, demak, barchasi joyida. Bahona qilmaymiz.
- Termangiz futbolchilarini o'yindan keyin qanday ko'rdingiz? Xuddi JCHda debyut qilgandek bo'lishdimi?
- Xuddi ularni o'ldirishgandek bo'lishdi. Og'ir zarba, bunday startni kutmagandik. G'alabaga ishongandik, uch ochko bizni xotirjam qilardi.
Biroq raqiblar boshqalardan ajralib tura oldi. Ular birdam va kuchli o'yin ko'rsatishdi. Biz ham yakdil bo'lib, doimgidanda ko'ra bir yoqadan bosh chiqarishimiz kerak.
O'z g'oyalarimiz asosiga qaytib, mehnat qilib, Meksika to'sig'idan o'ta olishimiz lozim, - dedi Argentina termasi sardori.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar