Messi Agueroning faoliyatini yakunlashiga munosabat bildirdi
15 dek 2021 20:25
Yangiliklar
Messi Agueroning faoliyatini yakunlashiga munosabat bildirdi
"Deyarli butun kareramiz birgalikda o'tdi. Bizda yuksalishlar va pasayishlar bo'ldi, ammo bularning barchasi bizni faqat birlashtirdi va do'stlashtirdi.
Yaqinda Amerika Kubogidagi g'alabangdan so'ng hamda Angliyadagi barcha muvaffaqiyatlaringdan keyin bu voqealarning yuz berishi achinarli. Eng yoqtirgan mashg'ulotingni to'xtatganingni eshitish meni xafa qildi.
Albatta, sen baxtli bo'lib qolasan, chunki sen baxt taratuvchi insonsan. Seni sevadigan odamlar sen bilan birga bo'lishda davom etadilar. Endi hayotingda yangi bosqich boshlanadi. Ishonchim komilki, sen bu hayotni tabassum ila davom ettirasan.
Hayotingning yangi bosqichida eng yaxshi tilaklarni tilayman! Seni juda yaxshi ko'raman, do'stim. Seni maydonda hamda terma jamoadagi birga o'tkazgan damlarimizni sog'inaman", — deb yozdi Messi Instagram sahifasida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar