Mertezaker: "Rangnik tufayli faoliyatim yarim yo'lda to'xtab qolmagan"
05 dek 2021 22:02
Yangiliklar
Mertezaker: "Rangnik tufayli faoliyatim yarim yo'lda to'xtab qolmagan"
Germaniya terma jamoasi va Londonning “Arsenal” klubi sobiq himoyachisi “Manchester Yunayted”ning yangi murabbiyi qo'l ostida o'ynagan davrini esladi.
37 yoshli Per Mertezakerning aytishicha, u "Gannover"da o'ynab yurganida, Ralf Rangnik unga har tomonlama yordam ko'rsatgan va natijada faoliyatida hal qiluvchi rol o'ynagan.
"Bundesligada debyut qilishimga imkon bergan shaxs Ralf edi. Men qiyinchilikka duch kelib, 45 daqiqadan so'ng almashtirilardim. U akademiyaga kelgach, menga professional bo'lish uchun nima qilish kerakligi haqida qimmatli tavsiyalarini bergan. SHu sabab yarim yo'lda taslim bo'lmadim. U haqiqatan ham menga g'amxo'rlik qildi.
Ralf mening faoliyatimda hal qiluvchi rol o'ynadi, u hamma uchun qoyilmaqom namuna edi. U jamoadan ketganda, bilimlar bazasini menga qoldirib ketgandi. O'shandan beri u bilan doimiy aloqadamiz", – deya takidladi Mertezaker.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar