So’nggi yangiliklar

15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  20 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  1 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  0 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  1 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  8 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  5 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  3 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  6 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  15 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  5

"Men maydonda gapiraman, bu o'zimni himoya qila oladigan yagona joy" Yangiliklar

"Men maydonda gapiraman, bu o'zimni himoya qila oladigan yagona joy"

Braziliya Neymar sobiq klubi hisoblangan "Al Hilol" bosh murabbiyi Jorje Jezus haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

"Jorje Jezus jamoaning qolgan azolari bilan o'ynash imkonim yo'qligini aytganida juda xafa bo'ldim.

Mashg'ulotlar paytida hammasi butunlay boshqacha edi. Mashg'ulotlar davomida men o'ynashga tayyor ekanligimni, boshqa sportchilar kabi formada ekanligimni ko'rsatdim.

Mashg'ulotlarda o'ynaganimizda, o'yin natijasini men hal qilganman, gollarni ham men urganman, shuning uchun men uni ahmoq bo'lib ko'rinishga majbur qilardim. Men bu haqda gapirishni ham, janjal chiqarishni ham yoqtirmayman. Bu menga yoqadigan narsa emas, lekin haqiqat.

U shunday bayonot berganida, men maydonga qaytishim bilan o'zgacha nimadir ko'rsata olishimni bilardim. SHu sabab hammasini shu erda qoldiraman. Men maydonda gapiraman, bu o'zimni himoya qila oladigan yagona joy", - dedi Neymar.

Eslatib o'tamiz, "Al Hilol" ustozi Jorje Jezus braziliyalik jamoani tark etishidan oldin uni Saudiya Arabistoni chempionatining 2-davrasi uchun ro'yxatdan o'tkazishmaganini va bu Neymar avvalgi darajasida o'ynay olmayotganligi bilan bog'liq ekanligini aytib o'tgan edi.


Malumot uchun, Neymar "Santos" tarkibida debyutini o'tkazdi. 45 daqiqa o'ynagan Neymar uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика