So’nggi yangiliklar

10:50Баҳром Ҳайдаров: "Биринчи навбатда узоқ кутилган ғалаба билан барчани табриклайман"  0 10:16Ҳарри Магуайр қишда жамоани тарк этaди. МЮ футболчига нарх қўйди  3 09:44Алексей Евстафеев: "Бундай учрашувларда мағлуб бўлиб аламли"  2 09:10"Барселона" етакчиси жароҳат олди  1 08:37Бугун ёшларимиз Аргентинага қарши иккинчи учрашувини ўтказади  2 08:03Вадим Абрамов: «Нотўғри ўйнадик, кетма-кет икки ўйинда ҳам одатдаги ўйинимизни кўрсата олмаганимиз мени кўпроқ безовта қилади»  1 07:29Теннис афсонаси "Реал Мадрид" президенти бўлмоқчи  2 01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  4 01:42Миллатлар лигаси. Испания, Португалия, Сербия, Руминияда ғалаба, Беларусь ва Шимолий Ирландия нурсиз дуранг ўйнади  10 01:31"Ливерпуль" туркиялик футболчига қизиқмоқда  2 00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  4 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  6 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  13 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0

"Men ham yozishni xohlayman" rukniga. “Tong” Yangiliklar

"Men ham yozishni xohlayman" rukniga. “Tong”

Saytimizning "Men ham yozishni xohlayman" rukniga viloyatlarda istiqomat qilayotgan muxlislarimizdan turli mavzuda maqolalar kelmoqda.

Quyida ana shunday maqolalardan birini etiboringizga havola etamiz. Agar sizda ham yozish istagi bo'lsa, e-mayl orqali news@championat.asia manziliga yuborishingiz mumkin. SHuningdek, biz bilan Telegram orqali ham bog'lanish imkoni bor - https://t.me/CA_admin

"Tong"

Namangan viloyati. "Gullar shahri" 13ta tumanni o'z bag'riga qamrab olgan. Viloyatda futbol juda yaxshi rivojlangan. Mening yashaydigan CHortoq tumanida ham futbol shukuhi o'zgacha ko'tarinki ruhda. Tumanimizning futbol jamoasi viloyat ikkinchi ligasida to'p surib kelmoqda.Tumanimiz tabiati juda ajoyib bo'lib, asosan tog'li zonalardan biri hisoblanadi. Atmosfera ham futbol o'ynashga undaydi.

CHortoq tumani etuk charm to'p ustalarini professional futbolga etkazib berib kelgan, bundan keyin ham tumanimiz etkazib berishda davom etadi. Masalan, Rashid G'ofurov, Muhiddin Ortiqov, Anvar Hafizov, G'iyos Komilov, Mirzohid G'ofurov, shuningdek Zafar aka Musaboev va Tohir Madrahimovlar.

Men o'sha payt kichkina bola edim, har kuni ertalab qo'y-qo'zilarimni boqqani dalaga chiqardim. CHortoq markaziy o'yingohi atrofidan o'tib ketayotganimda u erda futbol o'ynayotganlarga ko'zim tushib qolardi. SHunda qo'y-qo'zilarimni ham unutib, futbol ko'rishga intilardim, chunki futbolga juda-juda qiziqardim. 

Futbol tomosha qilyapman, keyin bilsam to'p tepayotgan futbolchilar - bu o'zimizning CHortoq terma jamoasi ekan. Vaqt o'tdi, futbolchilar chigalyozdi mashqlarni yakunlab, futbol o'ynay boshlashdi. Boshida uncha qiziq bo'lmadi, keyinchalik ajoyib va haqiqiy Angliya futboli ichiga tushib qolgandek bo'ldim. O'yin tugadi, stadiondan chiqib ketayotganimda bir o'yinchi sherigiga qarab "O'rtoq, ertaga "Tong"ga kelasanmi?" dedi.

Keyin bilsam bular o'ynaydigan paytni “Tong” deb nomlab olishgan ekan. Bir kun o'tdi, xuddi kechagi paytda yana stadionga chiqdim, yana “Tong”ni tomosha qildim, tomosha qilganimga hech qachon afsuslanmasdim, chunki “Tong”ni ko'rib futboldan zavq olardim.

Mana oradan 10 yil o'tib, biz ham katta bo'ldik. Tumanimizda ko'p narsa o'zgardi, lekin haliyam “Tong” jamoasi abadiy qolmoqda. SHuncha muddat o'tsa ham, lekin bu jamoada hech nima o'zgarmagan. To'g'ri, yangi-yangi charm to'p ustalarini etishtirib beryapti boshqa klublarga. Lekin baribir boshqa klubga ketgan futbolchilarimiz tatil berilgan mahal kelishganda “Tong”ga  kelib mashg'ulot o'tkazishyapti va birinchi jamoadoshlari oldingi "Tong"ni eslab to'p tepishadi. 

Tumanimiz jamoasining natijalari unchalik yaxshi emas, lekin bu erdagi futbol muhiti juda boshqacha, futbolchilarning bir-biriga hurmat-izzatini gapirmasa ham bo'ladi. Men ishonamanki, tumanimiz jamoasi malum muddat ichida o'zbek futbolida o'z o'rni topadi va albatta O'zbekiston terma jamoasiga mohir to'p ustalarini etkazib berishda davom etadi.

Anvarjanov Najotbek, Namangan viloyati, CHortoq tumani. 


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика