Mbappe, Ramos va PSJning bir necha o'yinchilari mashg'ulotlarda penalti tepishni mashq qilishgan
08 mar 2023 19:34
Yangiliklar
Mbappe, Ramos va PSJning bir necha o'yinchilari mashg'ulotlarda penalti tepishni mashq qilishgan
Futbolchilar bugungi ECHL bahsida penalti tepishga ham tayyorlanmoqdalar.
PSJ klubining bir necha futbolchilari "Bavariya"ga qarshi ECHL o'yinidan oldingi mashg'ulotda penalti tepishni mashq qilishgan. Manbaning malum qilishicha, jamoa aynan penaltilar seriyasiga alohida tayyorlanmayapti. Biroq, jamoaning bir necha o'yinchilari penalti tepishni mashq qilishgan. Ular orasida Kilian Mbappe, Serxio Ramos va yana bir necha o'yinchilar bor. Murabbiylar PSJ darvozabonlariga "Bavariya"dagi penalti tepadigan futbolchilarining qanday usulda zarba berishlari mumkinligiga ham ko'rsatmalar berishgan.
Malumot uchun, "Bavariya" – PSJ uchrashuvi bugun tungi 01:00 da boshlanadi. Birinchi o'yinda "Bavariya" 1:0 hisobida g'alaba qozongandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar