Mbappe nima uchun kecha Franciya mag'lub bo'ldi degan savolga javob berdi
10 iyu 10:12
Yangiliklar
Mbappe nima uchun kecha Franciya mag'lub bo'ldi degan savolga javob berdi
Franciya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe nima sababdan jamoasi finalga yo'l olmaganini tushuntirdi.
«Raqib bizdan ko'ra yaxshiroq o'yin ko'rsatdi. Mag'lubiyatimizning sababi shu! Qanchalik yaxshi? Buni yana bir bor o'yini ko'rib, aytish mumkin. Biz goldan so'ng tezda ikkita gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda bir qator yaxshi imkoniyatlarni yaratdik, biroq to'p darvozaga kirishni istamadi», — dedi Mbappe.
Eslatib o'tamiz, ushbu Evropa chempionati Mbappega omadli keldi deb bo'lmaydi. Hujumchi musobaqa davomida burnidan jarohat oldi va to'liq kuch bilan harakat qila olmadi. U ushbu musobaqada 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 tadan gol va assist bor.
Fikrlar