Mbappe "Manchester Siti"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
09 dek 2025 17:44
Yangiliklar
Mbappe "Manchester Siti"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe "Manchester Siti"ga qarshi Chempionlar Ligasining 6-tur uchrashuvi oldidan jamoaning mashg'ulotlarida qatnashmadi.
Manbaning malum qilishicha, hujumchi chap oyoqdagi mushak og'rig'i tufayli mashg'ulotlarda ishtirok etmagan. Yarim himoyachi Eduard Kamavinga ham umumiy guruhda ko'rinish bermagan.
Mbappe 2025/26 yilgi mavsum "Real" safida barcha musobaqalarda 21 o'yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.
Uchrashuv 10 dekabrdan 11 dekabrga o'tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.
Avvalroq Mbappe "Selta" bilan bahsda chap qo'lidagi barmog'ini sindirib olgani malum qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar