Maydonda Ronaldu, Beyl va Benzema bo'lganida "Real" "Barselona"ni mag'lub eta olmagan
29 mar 2016 11:10
Yangiliklar
Maydonda Ronaldu, Beyl va Benzema bo'lganida "Real" "Barselona"ni mag'lub eta olmagan
Ispaniyada "Barselona" va "Real" o'rtasida bo'lib o'tadigan Ispaniya chempionatining 31-tur uchrashuvi muhokamalari boshlanib ketgan.
Taxmin va bashoratlarda kamchiliklar yo'q. Bundan tashqari, ispan OAV "Qirollik klubi" muxlislariga yoqmaydigan bir fakt haqida eslab o'tishmoqda: Gap shundaki, maydonda Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema va Garet Beyl birga o'ynagan uchrashuvlarda "Real" hech qachon "Barselona"ni mag'lub eta olmagan. Bu trio uch o'yinda birga asosiy tarkibda maydonga tushgan va uchchala bahsda ham mag'lub bo'lishgan. Beyl "Real"ga o'tganidan beri, poytaxt klubi "Barsa"ni ikki marotaba taslim etgan: Bu Ispaniya Kubogi final uchrashuvida (2013/14, 2:1) va o'sha mavsumdagi 9-tur o'yinida (3:1) sodir bo'lgan. Birinchisida Ronaldu jarohat tufayli maydonga tushmagan, ikkinchisida esa Beyl bahsda ishtirok eta olmagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar