So’nggi yangiliklar

13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  8 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  8 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24

Maydon ichida qolib ketayotgan U-20 Osiyo kubogi yoxud Toshkentda sezilmayotgan musobaqa shukuhi Yangiliklar

Maydon ichida qolib ketayotgan U-20 Osiyo kubogi yoxud Toshkentda sezilmayotgan musobaqa shukuhi

Bugungi kunda barchaning diqqat etibori O'zbekiston mezbonlik qiladigan U-20 Osiyo kubogiga qaratilgan.

OFK ketma-ket ikkinchi yil ikki yosh toifasidagi qita musobaqasini o'tkazishni O'FAga ishonib topshirdi. Tashkilot turnirni ko'ngildagidek o'tkazishga barcha imkoniyatni ishga solmoqda. Ammo, lekin, biroq deydigan jihatlar ham yo'q emas. 



U-20 Osiyo kubogi borligini biz bilamiz lekin ko'chadagi aholichi?

Haqli savol. Bu terma jamoadagi 3-4 nafardan boshqa futbolchilar hali notanish. O'z klublarida asosan o'rinbosarlar jamoalarida to'p tepib kelayotgan yigitlar. SHunday ekan ishqibozlarda etarlicha malumot yo'q. Bu musobaqa orqali yosh futbolchilarda o'zlarini tanitib olishlari imkoni bor. Lekin ko'chadagi oddiy odam ertaga turnir boshlanishini biladimi? Yo'q. CHunki Toshkentda hech qanday musobaqa shukuhi sezilmayapti. Farg'onada esa bilmaymiz. Afishalar, reklamalar, qisqasi targ'ibot etarli darajada emas. Stadion atrofida qandaydir belgilar ko'zga tashlanmayapti. Futbol bu bayram, ko'ngil yozish, hordiq chiqarish deganidir. Gap yo'q, tashkilotchilik yuzasidan tegishli xodimlar harakat qilyapti.  Ammo U-20 musobaqasi faqat maydon ichida qolib ketayotgandek ko'rinyapti. Toshkentda shunday katta turnir bo'layotganini futbolga qiziqmaydigan odam ham bir qarashdayoq payqashi lozim. 



CHiptalar mavzusi 

O'tgan yilgi U-23 musobaqasida muxlislarning stadionga tashrifi finalgacha bepul etib belgilangandi. O'sha paytda final o'yiniga chiqarilgan chiptalar bir kechadayoq "tuya" qilib ketilgani yodingizda bo'lsa kerak. Endilikda bu yil chipta bilan bog'liq barcha masalalar iTicket.uz orqali bo'lyapti. Sotuv ham shu platformada amalga oshirilmoqda. Eng qizig'i mazkur masalada O'FAdan aytarli aniq javob ololmadik. 


Lekin nega bu yil pullik qilib qo'yildi, degan savolga 2ta taxminiy javobimiz bor. Birinchisi avvalgi musobaqada Iroq bilan bahsdagi "ishkal"dan so'ng AFKning talabi, ikkinchisi O'FAga qo'shimcha daromad kelib tushishi. CHiptalarga kelsak, narxlari u darajada qimmat emas. 10 000 so'mdan 50 000 so'mgacha. Yana bir malumot Farg'onada "Istiqlol" stadionidagi o'yinlarga orasi yaqin bahslarga bitta chipta sotib olib 2ta uchrashuvga tushishingiz mumkin. 


Nima bo'lganda ham terma jamoa azolariga faqat omad tilaymiz. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика