So’nggi yangiliklar

11:14Суперлига 17-тур баҳсларига ҳакамлар тайинланди  0 10:38Февзи Давлетов: "Қизилқум" икки тайм давомида позицион ҳимояланди"  0 10:10Сон Хён Миннинг янги жамоаси маълум  1 09:39Саудия Арабистони терма жамоаси аъзоси Франция клубига ўтди  1 09:08"Бавария" футболчиси фаолиятини АПЛда давом эттиради  1 08:50Ўртоқлик учрашувлари. Сон Хён Мин "Тоттенхем" мухлислари билан хайрлашди, "Аякс" "Монако" билан дуранг ўйнади, "Порту" эса "Атлетико" устидан ғалаба қозонди  0 08:37"Ал Насср" "Манчестер Сити" футболчисига таклиф билан чиқмоқчи  0 08:06"Реал" футболчисини Бразилия клубига текинга қўйиб юбормоқда  0 07:35МЮ АҚШдаги кичик турнирда ғалаба қозонди  1 07:15"Андижон" ва "Хоразм" учтадан гол уриб ғалаба қозонишди, "Сурхон" — "Қизилқум" баҳсида эса голсиз дуранг қайд этилди  0 01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  2 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  1 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  8 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5

Mavsumning kutilmagan 7 transferi (+FOTO) Yangiliklar

Mavsumning kutilmagan 7 transferi (+FOTO)

Teglar :  Transferlar
Ushbu yozda transfer bozorida ro'y bergan kutilmagan xaridlar bilan tanishib chiqing.


O'z vaqtida "Barselona" darvozasini qo'riqlagan Viktor Valdes Manchesterda og'ir damlarni boshidan o'tkazdi. Avvaliga tizzadan olingan jarohat, so'ngra Lui van Gal bilan yuzaga kelgan tushunmovchiliklar sabab u zaxira posboniga aylanib qoldi. Orada ijara asosida boshqa jamoada o'ynadi. Nihoyat, mavsum boshlanishi oldidan "Midllsbro" kutilmaganda tajribali posbonni o'z safiga qo'shib oldi.


"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger hech qachon Lukas Peres haqida gapirmagan, klubning unga qiziqish bildirayotgani haqida hech qanday xabar ham malum qilinmagandi. Mavsumlar oralig'idagi tanaffusda "kanonirlar" ispaniyalik hujumchini o'z tarkiblariga qo'shib oldilar.


Navbatdagi kutilmagan transferimiz ham "Arsenal" bilan bog'liq. Faqat, bu safar londonliklar futbolchisi Jek Uilshir boshqa jamoaga ijaraga berib yuborildi. Ayni paytda futbolchi "Bornmut" safida ijara asosida to'p tepmoqda.


Jo Xart. Gvardiola "Manchester Siti" boshqaruvini qo'lga olganidan so'ng darvozabon zaxira o'rindig'iga mixlandi. Jamoadan ketishi kutilayotgan posbon kutilmaganda "Torino" safiga ijara asosida borib qo'shildi.


O'z vaqtida shov-shuvli tarzda "Bavariya"ga ko'chib o'tgan Mario Gyotcening myunxenliklar safida ishi yurishmadi. Nihoyat, u mavsum boshlanishi oldidan yana o'zining jonajon "Borussiya"siga qaytdi.


Yoz davomida braziliyalik futbolchi David Luisning PSJdan ketishi haqida umuman gap so'z bo'lgani yo'q. "CHelsi" boshqaruvini qo'lga olgan Antonio Kontega markaziy himoyachi kerak bo'lib qoldi va yakunda Luis transfer oynasi yopilishiga oz vaqt qolganda sobiq jamoasiga ko'chib o'tdi


Nihoyat mavsumning eng kutilmagan transferi: "Napoli" futbolchisi Gonsalo Iguain A Seriyadagi principial raqibi "Yuventus" safiga borib qo'shildi. 90 million evrolik transfer argentinalik futbolchini A Seriyaning eng qimmat futbolchisiga aylantirdi


Aziz To'xtamurodov

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика