Mats Xummels: "Katta sensaciyani amalga oshirishimizga ozgina qoldi"
09 apr 2014 13:07
Yangiliklar


Mats Xummels: "Katta sensaciyani amalga oshirishimizga ozgina qoldi"
Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Mats Xummels "Real" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:0) quyidagi fikrlarni bildirdi.
"Biz unutilmas o'yin namoyish etdik. Futbol olamidagi eng katta sensaciyalardan birini amalga oshirishga oz qoldi. Bunday bo'lmagani alam qilmoqda. Jamoamiz hamon kuchli ekanini ko'rsatdi. Stadiondagi shovqin tufayli bazida sheriklarimni eshita olmay qoldim" - deydi Xummels.

Fikrlar