So’nggi yangiliklar

11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  0 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  1 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  0 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  5 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  6 02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  68 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  4 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  5 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда "Фулхэм" билан дуранг ўйнади  34

Matich haqiqiy vatanparvar: Ikki klubga homiylik qiladi va qishloqdoshlarining qarzini to'laydi Yangiliklar

Matich haqiqiy vatanparvar: Ikki klubga homiylik qiladi va qishloqdoshlarining qarzini to'laydi

Teglar :  Nemanya Matich
Nemanya Matich "Bornmut"ga qarshi bahsda (2:1) futbolkasiga qizil gul belgisini ilishni istamadi.

Serbiyalik o'yindan oldin bu belgi ahamiyati haqida so'radi. Ushbu gul NATO missiyalarida vafot etgan askarlar xotirasiga bag'ishlanganini bilgan futbolchi, gulni taqishni istamadi. Britaniya harbiy havo kuchlari 1999 yilda Kosovo mojarosida Serbiya shaharlariga aviazarba berishda qatnashgan.

Matich 2005 yil, 17 yoshligida Serbiyani tark etgan, ammo hozirgacha vataniga borib turadi.

U SHabac yaqinida joylashgan Vrelo qishlog'ida katta bo'lgan. Uning onasi Bilyana - sobiq engil atletikachi, otasi Dragan esa - eks futbolchi.

Matich hozir o'z qishlog'ining "Vrelo Sport" klubi egasi hisoblanadi. Yozda u o'z jamoasining "Brezovica"ga qarshi mehmondagi uchrashuviga tashrif buyurdi. Matich - mamlakatning eng mashhur futbolchilaridan biri, ammo Ube (qishloqlarni birlashtirib turuvchi shahar)da unga ko'nikib qolishgan. Nemanya xotirjamlik bilan "Brezovica" muxlislari o'tirgan o'rindiqdan joy oldi va uchrashuvni pista chaqib tomosha qildi.

"Uni hurmat qilamiz, gap faqat sportda emas. Ha, u klublarga investiciya kiritadi, ammo o'zinikilar haqida ham unutmaydi. U qishlog'i haqida qayg'uradi" - deydi "Brezovica" muxlisi.

Matich "Vrelo Sport"dan tashqari, o'zi yoshligida to'p tepgan Serbiyaning uchinchi divizionida ishtirok etuvchi "Edinstvo" klubiga ham homiylik qiladi.

"Edinstvo" va "Vrelo Sport"da asosan Matichning oila azolari, do'stlari va boshqa tanishlari ishlashadi.  "Edinstvo" kotibi Branko Matichning (futbolchining qarindoshi emas) so'zlariga ko'ra, Matich Uba shahrida yashovchi 50 kishiga maosh to'laydi. Nemanya bir necha yil oldin 1300ta qizil o'rindiq va yangi tom soti olib, "Edinstvo" klubi stadioni yangilanishida ishtirok etgan. Bu ishlar uchun futbolchi 350 ming evro sarflagan.


"MYU va "Edinstvo" bir vaqtda o'ynasa, u tanaffusda qo'ng'iroq qilib, o'z jamoasining natijasi haqida so'raydi" - deydi Branko.

2014 yilda Serbiyada suv toshqini ro'y beradi. Matich Ubedagi buzilib ketgan o't o'chiruvchilar binosini, bolalar bog'chasini va bir nechta futbol maydonlarini tiklashda yordam beradi. Joriy yil ko'chalardan biriga uning nomi berildi.

Seriyaning Blic nashri yozishicha, Matich qishlog'iga qaytganida mahalliy do'konga kiradi va kim qarzdor bo'lsa, hammanikini to'lab beradi. Bundan tashqari, Nemanya azartli o'yinlarga berilib ketgan qishloqdoshlarining qarzini to'laydi.

Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика