So’nggi yangiliklar

12:04Миср етакчиларидан бири Ўзбекистонга қарши ўйнамайди  0 11:43Сака "Арсенал"нинг чемпионлиги ҳақидаги гап-сўзларга эътибор бермаслиги айтди  0 11:20Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида ўқув-машғулот йиғинига киришди  1 10:44"Манчестер Юнайтед" Германия терма жамоаси ҳужумчисини нишонга олди  0 09:53Месси шарафига "Камп Ноу"да унинг ҳайкали ўрнатилади  4 09:26Португалия терма жамоаси устози Роналдунинг қизили ҳақида фикр билдирди  12 09:20Испания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи: "Бундай хатти-ҳаракатлари билан Ямал чўққида узоқ туролмайди"  7 09:00Мбаппе ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчи  2 08:32Португалия ЖЧ-2026 га чиққан тақдирда Роналду биринчи турни ўтказиб юборади  4 08:06"Ал Айн Кубоги". Бугун терма жамоамиз Салоҳ бошчилигидаги Мисрга қарши баҳс олиб боради  7 07:41ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида ярим финал учрашувлари бўлиб ўтди  0 02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  18 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  1 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0

Matchday. Mersisayd va Madriddagi o'yinlar haqida (SHahboz Beg'amov) Yangiliklar

Matchday. Mersisayd va Madriddagi o'yinlar haqida (SHahboz Beg'amov)

Championat.asia jurnalistlari yangi - "Matchday" ruknini yo'lga qo'yishdi.

Endi taniqli futbolchilar, jurnalistlar yoki murabbiylardan kunning markaziy o'yinlari atrofidagi fikrlarini muntazam ravishda berib boramiz. Dastlabki mehmonimiz AGMK klubi matbuot kotibi SHahboz Beg'amov bo'ladi.

Real Madrid

Karim Benzema - 40'

LaLiga . 9-tur

02/12/2021, 01:00

0
:
1
Tugadi

Athletic Bilbao

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 33627 tomoshabin

Bosh hakam: Isidro Diaz de Mera

45'
90'
40'  Karim Benzema
40'  Luka Modric
64'  Marco Asensio (Rodrygo)
68'  Luka Modric
70'  Luka Modric (Federico Valverde)
77'  Casemiro
80'  Toni Kroos (Eduardo Camavinga)
80'  Lucas Vazquez (Nacho Fernandez)
31'  Oier Zarraga
43'  Inigo Lekue
46'  Inigo Lekue (Oscar de Marcos)
63'  Unai Vencedor (Nico Williams)
70'  Iker Muniain (Alex Berenguer)
70'  Raul Garcia (Oihan Sancet)
77'  Inaki Williams
82'  Dani Garcia (Mikel Vesga)

"Real Madrid" - "Atletik Bilbao" o'yini juda ham qiziq bo'lishi kutilmoqda. Bir-biriga teskari taktika asosida o'ynaydigan jamoalar maydonga tushadi. Yani, "Real" La Ligada hujum chizig'i eng kuchli jamoa bo'lsa, "Atletik" esa jadvalda birinchi to'rtlikda bo'lmasa ham aynan mudofaa chizig'ining kuchliligi evaziga ochkolar jamg'arib bormoqda. Bu o'yinda eng kuchli hujum bilan eng kuchli himoya to'qnash keladi. Tabiiyki, nisbatan kam gol ko'ramiz. Ushbu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarda gollar ko'p bo'lish ehtimoli juda kam. Tarixga nazar solinsa ham, oldingi o'yinlarda g'olib jamoa asosan 1ta to'p farqi bilan g'alaba qozongan. "Atletik"ning imkoniyatlarini to'g'ri baholash kerak. Imkoniyatlar "Real"ning hozirgi holati va o'z uyida o'ynayotgani evaziga ham 51%:49% ("Qirollik klubi" foydasiga). Lekin, katta ehtimol bilan bu o'yinda durang qayd etiladi. 

Everton

Demarai Gray - 38'

Premier League . 14-tur

02/12/2021, 01:15

4
:
1
Tugadi

Liverpool

Jordan Henderson - 9', Mohamed Salah - 19', Mohamed Salah - 64', Diogo Jota - 79'

Stadion: Goodison Park, 40000 tomoshabin

Bosh hakam: Paul Tierney

45'
90'
16'  Andros Townsend
31'  Allan
38'  Demarai Gray
38'  Richarlison
40'  Lucas Digne
44'  Demarai Gray
59'  Jose Salomon Rondon (Anthony Gordon)
73'  Andros Townsend (Fabian Delph)
85'  Demarai Gray (Cenk Tosun)
9'  Jordan Henderson
9'  Andrew Robertson
19'  Mohamed Salah
19'  Jordan Henderson
39'  Thiago Alcantara
63'  Andrew Robertson
64'  Mohamed Salah
75'  Thiago Alcantara (James Milner)
79'  Diogo Jota
79'  Andrew Robertson
80'  Virgil van Dijk
83'  Jordan Henderson (Alex Oxlade-Chamberlain)
88'  Diogo Jota (Takumi Minamino)

Mersisayd derbisiga keladigan bo'lsak, hozirgi kunda "Everton"ning ahvoliga havas qilib bo'lmaydi. Jamoa o'zining darajasidan ancha past ko'rsatkich ko'rsatyapti, turnir jadvalidagi holati ham buni tasdiqlab turibdi. "Liverpul" esa hujumdagi samaradorlik yuqoriligi evaziga ochkolarni barqaror to'plab keladi. Ayniqsa, Salahning o'zi o'yin taqdirini hal qilib qo'yishi mumkin. Lekin, jamoalar o'rnidagi tafovutdan qatiy nazar, bu o'yin o'ziga xos derbi, klublarning o'rni o'yinga hech qanday tasir ko'rsatmaydi, deb o'ylayman. CHunki, bunday to'qnashuvlarda har doim murosasiz kurash kechadi. Lekin bir narsaga etibor berish kerakki, "Everton" o'z uyida 5 yildan beri "Liverpul"ga yutqazgani yo'q. Aytmoqchimanki, "Everton" har qanday vaziyatdayam "Liverpul"ga eng noqulay raqib bo'lib kelgan. Buni navbatdagi o'yinda ham  amalda isbotlashga harakat qiladi. Jamoalarning ayni paytdagi mavqeyi, holatidan kelib chiqib "Liverpul" kamida 2ta to'p farqi bilan yutsa kerak. CHunki, "Everton"ning himoyasi ham, hujum chizig'i ham talab darajasida emas. SHuni inobatga olgan holda, mehmonda o'ynasa ham "Liverpul"ning g'alaba qozonish ehtimoli juda yuqori.

Qadrli muxlis, mazkur o'yinlardan siz qanday natija kutyapsiz?

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика