So’nggi yangiliklar

10:44"Манчестер Юнайтед" Германия терма жамоаси ҳужумчисини нишонга олди  0 09:53Месси шарафига "Камп Ноу"да унинг ҳайкали ўрнатилади  2 09:26Португалия терма жамоаси устози Роналдунинг қизили ҳақида фикр билдирди  7 09:20Испания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи: "Бундай хатти-ҳаракатлари билан Ямал чўққида узоқ туролмайди"  3 09:00Мбаппе ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчи  1 08:32Португалия ЖЧ-2026 га чиққан тақдирда Роналду биринчи турни ўтказиб юборади  2 08:06"Ал Айн Кубоги". Бугун терма жамоамиз Салоҳ бошчилигидаги Мисрга қарши баҳс олиб боради  5 07:41ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида ярим финал учрашувлари бўлиб ўтди  0 02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  18 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  1 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  1 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  3

Matchday. "Bugun darvozabonlar o'rtasidagi to'qnashuv bo'ladi" (Tolibjon Qosimov) Yangiliklar

Matchday. "Bugun darvozabonlar o'rtasidagi to'qnashuv bo'ladi" (Tolibjon Qosimov)

Championat.asia'da "Matchday" rukni davom etadi.

Bugun "Tumanli Albion"da ajoyib to'qnashuv borligini bilasiz. "Qizil iblislar" va "to'pchilar" "jangi" haqida ingliz futbolining haqiqiy bilimdoni Tolibjon Qosimovning fikrlari bilan qiziqdik.

Manchester United

Bruno Fernandes - 44', Cristiano Ronaldo - 52', Cristiano Ronaldo - 70'

Premier League . 14-tur

03/12/2021, 01:15

2
:
3
Tugadi

Arsenal

Emile Smith Rowe - 13', Martin Oedegaard - 54'

Stadion: Old Trafford, 73123 tomoshabin

Bosh hakam: Martin Atkinson

45'
90'
44'  Bruno Fernandes
44'  Fred
45'  Scott McTominay
52'  Cristiano Ronaldo
52'  Marcus Rashford
70'  Cristiano Ronaldo
79'  Marcus Rashford (Jesse Lingard)
88'  Cristiano Ronaldo (Anthony Martial)
90'  Bruno Fernandes (Donny van de Beek)
13'  Emile Smith Rowe
13'  Mohamed Elneny
54'  Martin Oedegaard
54'  Gabriel Martinelli
70'  Emile Smith Rowe (Bukayo Saka)
79'  Pierre-Emerick Aubameyang (Alexandre Lacazette)
79'  Martin Oedegaard (Edward Nketiah)

Yomon startdan keyin yaxshi formaga kirib olgan "Arsenal" o'z o'yinini topa olmayotgan MYUga qarshi. Arteta "kanonirlar"ni yaxshi holatga keltirib qo'ya oldi. To'g'ri, jamoa "Liverpul"dan "tarsaki" edi, ammo qolgan bellashuvlarda ishonchli o'yin va natijalar qayd etib kelinmoqda. Bosh murabbiy kechagi matbuot anjumanida Bukayo Saka tushmasligi mumkinligini aytdi, bu mehmonlar uchun jiddiy muammo. Sababi, hozir "Arsenal"da vaziyatlar yaratishda asosiy rolni Smit-Rou va Saka bajarishyapti. Bundan tashqari, yangi darvozabon Aaron Remsdeyl bir-biridan chiroyli seyvlar qilishdan charchamayapti.

Narigi tomonda ham xuddi shunday holat. De Xea o'zining avvalgi formasiga qaytib olgan va ko'p bor jamoasini muqarrar gollardan qutqarib kelmoqda. Bugun darvozabonlar o'rtasida ham o'ziga xos to'qnashuv guvohi bo'lamiz.

"Manchester Yunayted" esa Kerrik boshqaruvida o'ynashda davom etadi. Sababi, jamoaning yangi vaqtinchalik bosh murabbiyi Rangnik mehnat vizasini olganicha yo'q. Ingliz nashrlarining yozishicha, nemis mutaxassisi allaqachon Manchester shahridagi mehmonxonalardan birida istiqomat qilyapti. Ammo, hozircha jamoani boshqara olmaydi. Bunga sabab, u oxirgi 5 yilda bosh murabbiy bo'lib ishlamagan. SHu sabab avtomatik tarzda mehnat vizasi ololmaydi. Lekin, tarkib borasida u tasir ko'rsatishni boshlab yuborgani katta ehtimol. Bugun Ronalduni yana boshlang'ich tarkibda ko'rsak kerak. Krishni ketma-ket ikkita o'yin zaxirada qolishini tasavvur qilish qiyin. Sancho ikki o'yindan beri gol uryapti va u ham bugun asosiy tarkibda bo'ladi.

Oxirgi o'zaro o'yinlarda "Arsenal" ustunlikka ega. MYU 6 uchrashuvdan beri "to'pchilar"ni enga olmayapti. Ammo, bugun ana shu "qora anana" buzilsa kerak. "Arsenal"ni o'yini yaxshiroq va bugun ham ular chiroyliroq o'yin ko'rsatishlari mumkin. Lekin, natija borasida "qizil iblislar" o'zlari kerakli g'alabani ilib ketishsa kerak.

Matchday. Mersisayd va Madriddagi o'yinlar haqida (SHahboz Beg'amov)

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика