So’nggi yangiliklar

11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  5 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  6 09:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  2 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  5 08:08Гвардиола Чемпионлар лигасида қайси жамоага тўқнаш келишни истамаслигини айтди  11 07:31ЖЧ-2026 Саралаш. Бугун БААга қарши майдонга тушамиз  22 06:01Ёрқин Назаров: "БАА ақлли жамоа, ғалаба қозонмаслик мундиал вазифасини қийинлаштиради"  8 01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  2 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  3 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  6 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  1 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  3 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  5

Masharipov OCHL bahsi oldidan intervyu berdi Yangiliklar

Masharipov OCHL bahsi oldidan intervyu berdi

16-17 oktyabr kunlari Osiyo chempionlar ligasining chorak final o'yinlari bo'lib o'tadi.

Nimchorak finalda Eronning "Traktorsozi" klubini 1:0 hisobida mag'lub etgan Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi 1/4 finalni BAAning "Al Vahda" jamoasiga qarshi o'tkazadi. Mazkur bahs ertaga Saudiya Arabistoni poyxati Ar Riyodda bo'lib o'tadi. 

Xabaringiz bor, Jaloliddin Masharipov ayni paytda "Al Nassr" safida harakat qilmoqda. Ertaga bo'lib o'tadigan muhim bellashuv oldidan futbolchimiz OFK rasmiy saytiga intervyu berdi. 

Masharipov o'tgan yil "Paxtakor" tarkibida OCHL chorak finalida "Persepolis"ga qarshi maydonga tushib qizil kartochka olgandi. Mohir yarim himoyachi o'z intervyusida o'sha bahsni yodga oldi. 

"Bu juda qiyin uchrashuv bo'lgandi. Yarim finalga chiqish uchun astoydil harakat qilib, afsuski, yakunda mag'lub bo'lganmiz. Buning ustiga men qizil kartochka olib, jamoadoshlarimni qiyin ahvolga solib qo'ygandim. O'yindan keyin juda tushkun vaziyatda edim, lekin bundan yaxshigina saboq oldim. Maydonda qanchalik kuchga to'lib harakat qilma, baribir hissiyotlarni jilovlashga to'g'ri keladi". 

Masharipov shuningdek, ertangi raqib haqida ham fikr bildirdi: 

"Al Vahda syurprizlarni sevadigan jamoa hisoblanadi. Ular bu yilgi OCHLni yaxshi o'tkazmoqda. Yozda "Al Vahda" bir nechta yaxshi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi va hozirgi paytga kelib ancha kuchaygan". 

"Biz ertangi bellashuvga tayyormiz. Barchaning diqqati faqat shu o'yinga qaratilgan. Jamoamizda ajoyib futbolchilar yig'ilgan va yigitlar bilan bemalol OCHLni yutishni udlalasa bo'ladi". 

Jaloliddin Masharipov o'z intervyusida O'zbekiston va Saudiya Arabistonini solishtirdi: 

"O'zbekiston va Saudiya Arabistoni ko'p jihatdan bir-biriga o'xshab ketadi: masalan, manadiyat va din. Biz hammamiz musulmonmiz. Bu ham yangi klubimga ko'nikishda yordam berdi. Bundan tashqari jamoadoshlarim doim qo'llab turishdi. Men tezda "Al Nassr"ga kirishib ketdim, bu erda meni juda yaxshi kutib olishdi. Men muxlislarga har bir o'yinda bor kuchim bilan harakat qilishga vada beraman, shuningdek, barchamiz muxlislarimiz orzusini ro'yobga chiqarishga intilamiz". 

P.S. OCHL chorak final juftliklari quyidagicha ko'rinish olgan: 

16 oktyabr. "Persepolis" (Eron) - "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)

16 oktyabr. "Al Vahda" (BAA) - "Al Nassr" (Saudiya Arabistoni)

17 oktyabr. "CHonbuk Motors" (Janubiy Koreya) - "Ulsan Xyunday" (Janubiy Koreya)

17 oktyabr. "Poxang Stilers" (Janubiy Koreya) - "Nagoyya Grampus" (Yaponiya)

CHorak final bahslari bitta o'yindan iborat bo'ladi. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика