So’nggi yangiliklar

14:55"Ливерпуль" "Реал" қизиқишларига қарамай, Конате билан шартномани узайтирмоқчи  0 14:26"Барселона"нинг ЕЧЛ доирасидаги навбатдаги уй учрашуви қаерда ўтиши маълум  0 13:54"Нефтчи" Абдураимов ва Иванков билан бир ҳафта ичида ҳисоб-китоб қилиши лозим — ПФЛ  4 13:38Ла Лига президенти "Манчестер Сити"ни қаллобликда айблади  1 13:11"Манчестер Юнайтед" 17 ёшли колумбиялик истеъдодни сафига қўшиб олмоқчи  3 12:44Трамп Эрон вакилларининг ЖЧ қуръасида қатнашишига тўсқинлик қилмоқда  5 12:15Жамолиддин Раҳматуллаев: "U-20 Жаҳон чемпионатининг Озарбайжон ва Ўзбекистонга берилиши катта мотивациядир"   1 11:53Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Тошкентда Озарбайжон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  2 11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  23 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  1 10:08"Шўртан"ни янги мураббий бошқаради  9 09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  6 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  18

"Mashal": Yoshlarimiz irodali g'alabaga erishdi Yangiliklar

"Mashal": Yoshlarimiz irodali g'alabaga erishdi

Bugun Toshkentda yoshlarimiz 5-tur bahsini "Lokomotiv"ga qarshi o'tkazishdi. Unga Baxtiyor Sattarov shogirdlari irodali g'alabaga erishdi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqasidayoq Ixtiyor Toshpo'latovda hisobni ochish uchun qulay imkoniyat yuzaga kelgan edi biroq to'p noaniq ketdi. 15 daqiqada himoyamizdagi xatodan maydon egalari unumli foydalanib hisobni ochdi. Bo'lim yakunigacha yoshlarimiz to'la tashabbusni qo'lga olgan bo'lsada hisobni tenglashtirishni uddalay olmadi.

Ikkinchi bo'limning dastlabki hujumini Humoyun Murtozaev gol bilan yakunladi. SHundan so'ng Ixtiyor Toshpo'latovda ham qulay imkoniyat yuzaga kelgan edi. U ham vaziyatni yakunlay olmadi. 80 daqiqada Muhammadali Aliqulov gol kiritib jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi. 85 daqiqada SHohruh Dostonov birga-bir vaziyatga chiqib borib hisobni oshirishni uddaladi. O'yinda boshqa hisob o'zgarmadi va yoshlarimiz g'alaba qozondi.

Ushbu g'alabadan so'ng ochkolarimiz 6 taga etdi va turnir jadvalida bir necha pog'ona yuqoriladi.

Yoshlarimiz navbatdagi turni o'z maydonida 22-aprel kuni Farg'onaning "Neftchi"siga qarshi o'tkazadi.

Yoshlar ligasi
5-tur. 14 aprel
Lokomotiv (Toshkent) – Mashal (Muborak) 1:3
Gollar:
1-0 Rustam Hamroev (15), 1-1 Humoyun Murtozaev (47), 1-2 Muhammadali Aliqulov (78), 1-3 SHohruh Dostonov (85)
Hakamlar: I. Xudaydatov (Toshkent), Avazbek Abdullaev (Toshkent), Jahongir Abdurazzoqov (Toshkent), Akobirxo'ja SHukurullaev (Toshkent).
Ogohlantirishlar: Dilshodbek Ergashev (8), 41.Sergey Proxorov (20), Humoyun Murtozaev (52), Muhammadali Aliqulov (55)
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).

Lokomotiv: 25.Sarvar Karimov, 8.Jahogir Safarov, 10.Bobirbek Tillaboev (97.Boburjon Ergashev 52), 11.Otabek Muhamedov, 18.Rustam Hamroev, 20.Farruhjon Ibrohimov, 21.Doniyor Usmonov (68.Vohidjon Yunusov 65), 22.Ulug'bek Abdullaev, 36.Xurshidbek Muhtorov (33.Lazer Adamov 62), 41.Sergey Proxorov (7.SHohruh Mo'minqulov 56), 77.Dilshodbek Ergashev (99.Humoyun Azamov 75).
Zaxira: 1.Azamat Soyibov.

Mashal: 12.SHohruh Eshbo'taev, 5.SHohjahon Qilichev, 7.Jonibek Mirzaqulov, 9.Humoyun Murtozaev (93.SHohruh Dostonov 60), 17.Sardor Abduraimov (c) (8.Bakir Murtozaev 80), 22.Muhammadali Aliqulov, 23.Bobur Iskandarov, 25,Ixtiyor Toshpo'latov (20.Firdavs Asadov 70), 34.Temur Masharipov (3.Temur Mamatov 75), 47.Sirojiddin Rahmatullaev (16.Bekzod Tursunov 82), 55.Jasur Halimov (10.Iskandar SHodmonov 57).
Zaxira: 30.Botir Nosirov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика