"Mashal" "Neftchi" bilan o'yinga tayyorgarlikni boshladi FOTOGALEREYA
13 noy 2017 19:09
Yangiliklar
"Mashal" "Neftchi" bilan o'yinga tayyorgarlikni boshladi FOTOGALEREYA
Muborakda Navoiyning "Qizilqum" jamoasi bilan uchrashuvda qozonilgan yirik g'alabadan so'ng qisqa tatilga chiqqan "gazchilar" bugundan yana mashg'ulotlarga kirishdi.
"Yo'lbarslar"ni oldinda "Buyuk chinorlar" jamoasi bilan bo'ladigan uchrashuv kutmoqda. Jamoa bugundan ushbu o'yinga tayyorgarlikni boshladi. B.Vafoev stadionida o'tkazilgan mashg'ulot anchagina qiziqarli tarzda kechdi. Jamoaning kayfiyatlari alo darajada.
Ayni damda, iqtidorli va yosh posboni Javohir Ilyosov O'zbekisiton milliy terma jamoasi bilan BAA terma jamoasi bilan bo'lib o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvida vatanimiz shanini himoya qilish maqsadida Birlashgan Arab Amirliklariga yo'l oldi.
Eslatib o'tamiz BAAning Al-Ayn shahridagi «Xalifa Bin Zayd» stadionida bo'lib o'tadigan BAA va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 14 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.
Fikrlar