So’nggi yangiliklar

19:07Суперлига. "Нефтчи" - "Хоразм". Асосий таркиблар маълум  0 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  7 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  1 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  3 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  2 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  0 15:35"Насаф" ҳақоратли сўзлар ишлатган матбуот ходими вакилини ишдан бўшатди ва жамоатчиликдан узр сўради  18 15:20Расман: "Пахтакор" португалиялик бош мураббий ва унинг ассистентлари ҳамда бразилиялик легионер билан хайрлашди  12 14:57"Андижон" "Насаф" вакилининг ҳақорати юзасидан муносабат билдирди: клуб ПФЛдан чора кутмоқда  21 14:42"Ал Аҳли" Мессини сотиб олмоқчи  3 14:18"Динамо" "Насаф" расмийсининг сўзлари бўйича баёнот берди  35 14:00Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Суперлига футболчилари тахмини  11

Superliga. OKMK "Mashal" maydonida qiyinchilik bilan g'alaba qozondi Yangiliklar

Superliga. OKMK "Mashal" maydonida qiyinchilik bilan g'alaba qozondi

Teglar :  SuperligaMashalOKMK
Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Mashal" – OKMK uchrashuvi yakunlandi.

"Mashal" – OKMK 0:1

5.07.2025. G'uzor

Bosh hakam: Doston Rahmonov

Yordamchi hakamlar: Ruslan Samandarov, Amal Sultonov

Zaxira hakami: Roman Irgashev

Nazoratchi: Oleg Dachev

VAR hakami: Ahrol Risqullaev

AVAR hakami: Aleksandr Burov

Komissar: Sherzod Rajabov

Gol: 0:1 – 4, Avazbek O'lmasaliev (Xurshid G'iyosov)

"Mashal": 1.Umid Hamroev, 6.Javohir Abdualimov (8.Sardor Abduraimov, 76), 7.Islom Baratov (9.Ibrohim G'anixonov, 82), 10.Humoyun Murtozaev, 15.Muhammadali Aliqulov, 17.Anvar Murodov (96.Ibrohim No'monov, 83), 22.Nurjahon Muzaffarov, 24.Avazxon Mamatxo'jaev, 28.Ergash Ismoilov, 34.Shahboz Jo'raev, 37.Sherzod Fayziev (2.Mudasiru Salifu, 46)

Zaxira: 35.Doston To'xtaboev, 5.Samandar Ochilov, 11.Asadbek Samariddinov, 18.Dilshod Rahmatullaev, 19.Islom Sharipov

OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 5.Giorgi Papava, 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshod Ahmadaliev, 10.Xurshid G'iyosov, 11.Ruben Sanches (27.Ali Abdurahmonov, 90), 15.Oybek Rustamov, 16.Naoki Senaga (99.Asadbek Sobirjonov, 73), 19.Ahmadullo Muqimjonov (2.Akrom Komilov, 73), 28.Arihiro Sentoku (30.Abror Sarimsoqov, 85), 77.Nodir Abdurazzoqov (8.Aziz Xolmurodov, 84)

Zaxira: 1.Humoyunshoh Sayyotov, 4.Mirjamol Qosimov, 13.Eldor Begimov, 44.Abror Karimov

Ogohlantirishlar: Sherzod Fayziev (40), Ergash Ismoilov (57), Ahmadullo Muqimjonov (59), Mudasiru Salifu (75)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+4. G'anixonovning yana bir zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

90+1. G'anixonov Sarimsoqov xatosidan foydalana olmadi, uning tepgan to'pini Ilyosov ushlab oldi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. OKMKda o'zgarish bo'ldi.

87. Xavfli vaziyat! Chap qanotdan uzatilgan to'pni Muzaffarov to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, Ilyosov o'z mahoratini namoyish etdi.

85. OKMK ham ikki o'zgarish amalga oshirdi.

83. "Mashal" ikki o'zgarish sodir bo'ldi.

80. Muzaffarov tomonidan yo'llangan zarba noaniq ko'rinish oldi.

76. "Mashal" o'zgarishga qo'l urdi.

75. Salifu raqib oyog'ini bosib olgani uchun ogohlantirildi.

73. OKMK tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

70. Muzaffarovning olisdan yo'llagan zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

69. Baratovning o'ng qanotdan xavfli pasini Ahmadaliev qaytardi.

66. Senaganing jarima maydonidan yo'llagan zarbasi yuqorilab ketdi.

64. Baratovning olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

Ergash Ismoilov tezlik jihatdan yaxshi futbolchi ekan.

60. O'ng qanotdan uzatilgan to'pga raqib jarima maydonida turgan Murtozaev zarba berishga ulgurmadi.

59. Muqimjonov raqibning tezkor qarshi hujumini to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi. 

57. Ismoilov Rustamovga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

56. Ahmadaliev qo'lidan lat edi, unga tibbiy yordam ko'rsatildi.

54. "Mashal"ning jarima uzatmasini OKMK himoyachilari qaytardi.

53. Ahmadaliev Ismoilovga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

49. OKMKning chap qanotdan uzatmasi Hamroevning qo'llariga borib tushdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Mashal" tarkibida o'zgarish bo'ldi.

Taym yakunlandi.

45+4. Chap qanotdan uzatilgan to'pga raqib jarima maydoniga kirib borgan Baratov zarba yo'lladi, biroz noaniq ketdi. Qolaversa, u ofsaydda ekan.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

41. Abdurazzoqovning burchak uzatmasidan so'ng O'lmasaliev bosh bilan zarba yo'lladi, bu gal biroz aniqlik etishmadi. Avazbek burnidan lat edi.

40. Fayziev Senaganing libosidan tortib qolgani uchun ogohlantirildi.

35. Baratovning o'ng qanotdan uzatmasi noaniq ko'rinish olib, maydonni tark etdi.

30. Papava raqib jarima maydonida qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Juda yaqin masofadan to'pni yuqoriga tepib yubordi. Unga Fayziev xalaqit qildi.

28. G'iyosovning pasidan so'ng OKMK futbolchisi raqib jarima maydonida yiqildi, hakam o'yinni davom ettirish qaroriga keldi.

Futbolchilar chanqoqlarini qondirishmoqda.

24. Muqimjonovning uzatmasidan so'ng raqib jarima maydoniga kirib borgan Sanches bosh bilan aniq zarba yo'llay olmadi.

22. Ikki jamoaning 28-raqamli futbolchilari o'rtasida to'qnashuv sodir bo'ldi. "Mashal" foydasiga jarima zarbasi belgilandi.

20. Muqimjonovning chap qanotdan uzatmasiga raqib jarima maydonida zarba yo'llaydigan OKMK futbolchisi topilmadi, "Mashal" himoyachisi ishonchli harakat qildi.

17. Senaganing jarima maydoni tashqarisida o'ng oyoqda yo'llagan zarbasini Hamroev qaytardi.

9. Baratovga nisbatan Sentoku tomonidan fol ishlatildi. 

4. GOL! G'iyosovning jarimadan uzatgan to'pini OKMK himoyachisi Avazbek O'lmasaliev bosh bilan "Mashal" darvozasiga joylab qo'ydi!



4. OKMK burchak zarbasiga ega bo'ldi. G'iyosovning uzatmasi Murtozaev tomonidan qaytarildi, ammo keyinchalik u qoida buzdi.

1. O'yinni mehmonlar boshladi.


Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Mashal" ko'k, OKMK oq-kulrang rangli liboslarda to'p tepadi.

Reyting:    

Fikrlar

+1   
05 iyu 23:12:46
Усмонбек
Кора анана палакат аригани рост булсин ОКМК га Миржалол акамга мани футболдаги кумиримга омад галаба довомли булсин лекин Пахтакор бн уйиндамас чунки ВАТАН ОТА ОНА Пахтакор танланмайди
   
05 iyu 22:44:40
PFK HAQIQAT
Mashal soʻngi yillarda oʻyin uslubini oʻzgartirdi. Oldin ximoyaviy va kuchga tayanib oʻynardi. Xozi toʻp bilan xujumkor prissingda oʻynayabdi. Navbahor va agmka bilan oʻyinda oʻz tasdigʻini topdi. Xozircha gollar yoʻq, lekin bazi chiziqlarni kuchaytirilsa aniq 4 likka kiradi.
Darvozabon: stabillik yoʻq, toʻpga chiqish muammoga ega.
Ximoya: Ismoilov yaxshi. Barativ bazi skillar qoʻshishi kerak. Baland boʻyli baquvvat ximoyachi kerak. Chap oyoq ximoyachi ham.
Yarim ximoya: salifu, Muzaffarov yaxshi. Yana yoniga futbolchi olish kerak. Zaxira yoʻq.
Xujum: baland boʻyli baquvvat xujumchi kerak. Oʻng qanotda yaxshiroq toʻp bilan oʻynay oladigan yana bir xujumchi kerak.
   
05 iyu 21:12:32
BOBIRBEK_URINOV⚽️
ДАВАЙ МАШЪАЛ!!!
ОМАД ГАЗЧИЛАР!!!
-2   
05 iyu 22:03:13
Жамшид Jamshid
Тухтахужаев йуклги учун ютди
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика