So’nggi yangiliklar

00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  2 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  1 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  41 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  33 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  3

"Mashal" - "Navbahor": PREVYU Yangiliklar

"Mashal" - "Navbahor": PREVYU

Teglar :  MashalNavbahor
O'zbekiston chempionatining 20-turida “Navbahor” Muborakning Mashal klubi mehmoni bo'ladi.

 Jamoamiz azolari Muborakdagi uchrashuvni o'tkazish maqsadida bugun kunning ikkinchi yarmida Qarshi shahriga etib kelishgandi. Malum vaqt davomida yo'l charchoqlarini chiqargan futbolchilarimiz bundan biroz vaqt oldin Qarshi shahrida bahs oldidan so'nggi mashg'ulotni yakunlashdi.

"Mashal" va “Navbahor” jamoalari O'zbekiston chempionatlari oliy ligasi tarixida o'zaro 33 bor uchrashishgan. SHu kunga qadar har ikki hisobida 13 tadan g'alaba mavjud. Etti uchrashuvda esa tomonlar murosa yo'lini tanlashgan. To'plar nisbatidagi ko'rsatkich 45-40, "Navbahor" foydasiga. Raqiblarning o'zaro o'yinlaridagi eng yirik hisob 1995 yili qayd etilgan. O'shanda jamoamiz muborakliklar darvozasiga sakkizta javobsiz to'p kiritgandi. 1996 yili "Mashal" Namangandan 0:5 hisobidagi mag'lubiyat bilan qaytgan. 2008 yili muborakliklar aynan shu hisob bilan jamoamizni dog'da qoldirishgandi. Ushbu raqib maydonidan jami ikki bor jamoamiz zafar qozonib qaytgan. Muborakda “lochinlar” so'nggi bor 2004 yilda g'alaba bilan ortga qaytishgan. SHundan buyon “Navbahor” mehmonda “Mashal”ga asosan yutqazmoqda. 2015 yilgi chempionatda esa 2:2 hisobidagi durang kuzatilgandi. Umid qilamizki, ushbu noxush holatga bu safar Ilhom Mo'minjonov shogirdlari chek qo'yishadi. Jamoalarning joriy yilgi mavsum birinchi yarmida Namanganda o'tkazilgan o'zaro to'qnashuvida 1:0 hisobi kuzatilgandi. Hasanboy Ergashevning 69-daqiqada urgan yagona goli “Navbahor”ga kichik hisobdagi g'alabani taqdim etgandi.

“Mashal” va “Navbahor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 7 sentyabr kuni B.Vafoev nomli o'yingohda soat 18.00da boshlanadi. Muborakdagi o'yinni navoiylik Zokir Qodirov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi. Qodirovga qanotlarda hamshaharlari Obid Jumaev va Ruslan Samandarovlar ko'maklashishsa, buxorolik SHuhrat Rajabov zaxira hakami vazifasini bajaradi. O'yinni nazoart qilish Xushvaqt Muxtorov (Samarqand) zimmasiga yuklatildi. Muborakka PFL vakili sifatida Valeriy Lyotkin tashrif buyuradi.

Muborakda bo'lib o'tgan barcha o'yinlar natijasi
1995 yil

"Mashal" - "Navbahor" - 0:0
1996 yil
"Mashal" - "Navbahor" - 0:3
Gollar
: SH.Asatov (5-avtogol), S.Tursunov (14), T.Madrahimov (73).
2002 yil
"Mashal" - "Navbahor" - 0:0
2003 yil

"Mashal" - "Navbahor" - 2:2
Gollar
: U.Jo'raev (23), N.Habibov (48-pen.) – SH.Mirxoldirshoev (29,81).
2004 yil
"Mashal" - "Navbahor" - 1:2
Gollar:
J.Boboev (1) - SH.Mirxoldirshoev (43), P.Agbo (46).
2005 yil
"Mashal" - "Navbahor" - 2:1
Gollar:
SH.Mirxoldirshoev (10,87) – SH.Raimqulov (04).
2006 yil
"Mashal" - "Navbahor" - 3:0
Gollar:
SH.Mirxoldirshoev (30), V.Klishin (34), R.Qodirov (90).
2007 yil
"Mashal" - "Navbahor" - 1:0
Gol:
R.Qodirov (70).
2008 yil
"Mashal" - "Navbahor" - 5:0
Gollar:
A.G'ofurov (17, 82), R.Qodirov (40), S.SHodmonov (70), I.SHomurodov (75).
2009 yil
"Mashal" - "Navbahor" - 3:1
Gollar:
B.Qodirqulov (16), K.Izrailov (69-pen.), T.Mirzaev (79) – M.Fozilov (62).
2010 yil
"Mashal" - "Navbahor" - 2:0
Gollar
: A.Tyulenev (37), N.Davlatov (90).
2011 yil
"Mashal" - "Navbahor" - 2:0
Gollar
: A. SHodmonov (4), I. Petkovich (47).
2012 yil
"Mashal" - "Navbahor" - 2:0
Gollar:
E.Ergashev (35), I.Petkovich (75).
2014 yil
"Mashal" - "Navbahor" - 3:1
Gollar:
Z.Qo'ziboev (28), Z.To'raev (40), M.Mamazulumov (52) – YU.Rijko (58).
2015 yil
"Mashal" - "Navbahor" - 2:2
Gollar:
SH.Fayziev (39), X.Murtazoev (88) – A.Mahmudov (9), SH.Erkinov (28).
2016 yil
"Mashal" - "Navbahor" - 2:1
Gollar:
SH.SHaymanov (45+1), Z.To'raev (76) – D.Jabborov (71).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика