So’nggi yangiliklar

19:13Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912". Таркиблар эълон қилинди  0 19:00Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" (матнли трансляция)  8 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  4 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  8 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4 14:28"Челси" 22 ёшли футболчисини "Вильярреал"га сотади  0 13:59Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари туфайли Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда  3

"Mashal": CHempion yoshlarimiz mavsumni durang bilan boshlashdi Yangiliklar

"Mashal": CHempion yoshlarimiz mavsumni durang bilan boshlashdi

Bugun Namanganning To'raqo'rg'on shahridagi markaziy o'yingohda yoshlar ligasining 1-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Mashal" bahsi bo'lib o'tdi.
O'yinni maydon egalari hujumlar bilan boshladi. 4 daqiqada Ilhom Boydadaevning zarbasini darvozabon qaytarishga erishdi. 17 daqiqada Ixtiyor Toshpo'latov darvozabon bilan birga-bir vaziyatni yo'qqa chiqardi. 30 daqiqada o'tib borayotgan bir vaqtda mehbonlar himoyachisi Xolmurod Xolmurodovni birga-bir chiqib borishda ushlab qoldi , belgilangan jarima zarbasiga esa aniqlik etishmadi. Bo'limning so'nggi daqiqasida Javohir Ilyosov maydon egalari vakili bergan kuchli zarbani darvoza burchagidan qaytarib yuborishni uddaladi. Birinchi bo'limda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi.

Ikkinchi bo'lim teng kurashlar ostida boshlandi. 52 daqiqada Muhammadjon Rasulov "Navbahor"ning tezkor qarshi hujumini noaniq yakunladi. 65 daqiqada Maqsud Mahmudovning burchakdan oshirib berilgan to'pini Ixtiyor Toshpo'latov boshi bilan darvozaga yo'llashga muvaffaq bo'ldi, biroq yo'nalish noaniq.  70 daqiqada Mahmudovning pasini Toshpo'latov bosh bilan darvozag joylab qo'ydi, lekin hakam bu golni o'yindan tashqari holat deb topdi. 80 daqiqada Javohir Ilyosov darvoza ichiga kirib borayotgan to'pni olib chiqishni uddaladi. Uchrashuv so'nggigacha darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi.
Amaldagi chempion "Mashal" yoshlari chempionatni nursiz durang bilan boshladi.

Yoshlar ligasi. 1-tur
Namangan. To'raqo'rg'on. 13.03.2015  15:00

"Navbahor" - "Mashal" 0:0 (0:0)
Hakam:
Ravshan Kopadze (Farg'ona),
Nazoratchi: S.Irmatov (Toshkent)

Ogohlantirishlar: Aziz Umarov (18), Xojiakbar Yunusov (30), - Yunus Ochildiev (35), Sirojiddin Rahmatullaev (40), Maqsudjon Mahmudov (50)

"Navbahor":  Nodirjon Ashurmatov, Azizjon Umarov, Omon-Biik Halilov, Hojiakbar Yunusov, Akbarali Xoldorov, Sardor Telyakov, Ilhom Boydadaev, Azizbek Turg'unboev, Muhammadjon Rasulov, Muhriddin Mo'minov, Sanjar Toshpo'latov.
Zaxira: Amir Ergashev, Ibrohim Ismoilov, Farrux Umaraliev, Boburmirzo Rahmonov, Doniyor Inomov, Ibrohim Abdullaev, Javohir Olimjonov.

"Mashal": Javohir Ilyosov, Sirojiddin Allaev, Temur Masharipov, Yunus Ochildiev, Durbek Kamolov (Tursunmurod Hamdamov 52), Sardor Abduraimov (Jasur Abdurahmonov 70), Maqsud Mahmudov (Najmiddin Quvonchiev 74), Xolmurod Xolmurodov (Uyg'un Bobonazarov 46), Sirojiddin Rahmatullaev (Maruf Toshev 88), Ixtiyor Toshpo'latov, Marodona Safarov (SHohjahon Abbosov 65).
Zaxira: Sanjar Quvvatov.
 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика