“Mashal” – “Buxoro” uchrashuvini 9ta kamera kuzatib boradi
22 sen 2017 14:08
Yangiliklar
“Mashal” – “Buxoro” uchrashuvini 9ta kamera kuzatib boradi
Muborak shahrida ishqibozlar “Mashal” – “Buxoro” bahsiga guvoh bo'ladi. “Gazchilar” matbuot xizmatining malumot berishicha, bugungi o'yinni mezbonlarning 8ta video kamerasi kuzatib boradi. SHuningdek “Buxoro” jamoasi ham o'zining operatori bilan tashrif buyuradi. SHu tariqa mazkur bahsni umumiy aytganda 9ta kamera tasvirga oladi.
Kuni-kecha oliy liga bahsini boshqarib borgan hakam Rustam Bobomurodovning hakamlikdan chetlatilgani va “SHo'rtan”- “Navbahor” uchrashuvida ishlagan Olim Tolibjonovning 4,0 ball olgani keng mushohadaga sabab bo'lmoqda. SHu bois bo'lsa kerak, “Mashal” vakillari bugungi o'yinga 8 nafar tasvirchini o'yinga taklif etgan.
Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuvni FIFA referisi Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.
Fikrlar