So’nggi yangiliklar

14:52Рубен Санчес: "Қадам-бақадам олдинга юришимиз лозим"  1 14:22Гиорги Папава: "Пахтакор"га қарши қандай ўйнашни ва мағлуб этишни ўрганиб олдик"  2 13:30МЮ Шешко бўйича таклифини оширди  3 12:59Италияда жамоа Б Серияга тушиб кетса футболчиларнинг маоши автоматик тарзда сезиларли даражада камаяди  0 12:19"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" ҳужумчиси бўйича келишувга эришди  3 11:49Мураббий илк бор ҳакамларни тайинлаш қўмитасига киритилди   2 11:32"Реал" тарбияланувчиси энди асосий жамоа билан шуғулланади ва 9-рақамни олади  1 10:42Рахим Стерлинг фаолиятини бошқа бир Лондон клубида давом эттириши мумкин  5 10:10АПЛнинг 4 та клуби ПСЖ ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  5 09:06Шукрон Йўлдошев: “Жамоамизни муҳим баҳс кутиб турибди”  3 08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  1 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  6 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  8

"Mashal" beshta tuman futbol maktablari bilan hamkorlikni boshladi Yangiliklar

"Mashal" beshta tuman futbol maktablari bilan hamkorlikni boshladi

"Mashal" PFKning futbol maktabida katta yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda viloyat futbol federasiyasi birinchi vice-prezidenti Norqul Daminov, Muborak tuman hokimi o'rinbosari SHavkat Mehmonov, klub rahbariyati va Qashqadaryoning beshta tumani  talim boshqarmasi vakillari ishtirok etdi. Yig'ilishda Qashqadaryo viloyat Hokimining futbolni rivojlantirish bo'yicha ishlab chiqqan rejasini bajarish masalasi ko'rib chiqildi.

Yig'ilishda viloyatning beshta CHiroqchi, Yakkabog', Muborak, Kasbi, Mirishkor tumanlaridagi futbol maktablarining barchasini "Mashal" futbol klubi bilan bog'lash masalasi ko'rildi.

Yig'ilishni olib borgan viloyat futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Norqul Daminov bu tizimni samarasi haqida barcha yig'ilganlarda tushunchalar berish bilan bir qatorda, tumanlarda yo'lga qo'yilgan barcha kamchiliklarni birma-bir sanab o'tdi. Har bir tumanda futbol uchun olib borilayotgan ishlar samarasi muhokama etildi.

"Mashal"da o'z ishining mutaxassislari ish olib bormoqda. Viloyatimiz har doim istedodlarga to'la bo'lgan. Biz bu istedodlarni yo'qotmay, nafaqat viloyatimiz balki, futbolimiz yuziga aylanib borayotgan "Mashal"ga o'tkazish borasida ishlarni olib borishimiz kerak. O'z futbolchilarimizni o'zimiz kashf etib , O'zbekiston uchun kerakli inson qilib tarbiyalaylik. Klubda tajribali Aleksandr Xomyakov,  AbdurahmonYUmangulov, Jamshid Saidov, Dilshod Andaev kabi etakchi mutaxassislar ish olib bormoqda. Yoshlarni to'g'ri yo'lga yo'naltirib, futbolimizga foydasi tegadigan qilib tarbiyalashimiz lozim. SHu bois viloyatning beshta tumanidagi futbol maktablarini va futbolga ixtisoslashgan maktablarni to'laligicha "Mashal" bilan hamkorlikka o'tkazmoqchimiz",  - deydi Norqul Daminov

Yig'ilish yakuniga barcha tuman xalq talim vakilllari umumiy fikrlarini aytib o'tdi va beshta tuman futbol maktablari "Mashal" bilan hamkorlikni bog'ladi.

Endi "Mashal" klubining murabbiylari tumanlarda tashkil etiluvchi barcha futbol turnirlarida ishtirok etish bilan bir qatorda, istedodlarni saralab klubga jalb etadi. Undan tashqari har oyda har bir tumanda umumiy yig'ilish tashkil etilib, unda klub vakillari ham ishtirok etadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика