So’nggi yangiliklar

17:30Про лига. "Арал" "ФарДУ" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1 15:54Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди  11 15:35"Олимпик"нинг қарзи 3 миллиардга етди, 4 ойдан буён маош йўқ  4 15:20"Тоттенхэм" яна оғзидаги ошни "Арсенал"га олдирмоқда   2 14:55"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади  3 14:23"Эвертон" "Саутгемптон" вингерини 50 млн евро эвазига сотиб олди  0 13:55"Фенербахче", "Ризеспор" академиялари қатнашган халқаро турнирда "Бунёдкор-2011" бош совринга эга чиқди, иккинчи ўрин "Пахтакор-2011"га насиб қилди  1 13:35Факт. "Сўғдиёна" ўз тарихида учинчи маротаба Ўзбекистон Кубоги ярим финалига чиқди   3 13:1516 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди   4 12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  4 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  8 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  4

"Mashal-2" - "Andijon" uchrashuvidan keyingi fikrlar Yangiliklar

"Mashal-2" - "Andijon" uchrashuvidan keyingi fikrlar

"Mashal-2" va "Andijon" jamoalari (0:1) o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi 1/16 final uchrashuvidan keyin ikkala jamoa murabbiylari o'yin to'g'risida fikrlarini bildirishdi.
Dilshod ANDAEV (“Mashal-2” jamoasi bosh murabbiyi):
- Bugun shogirdlarim ko'rsatgan o'yin yoqdi. Ammo yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik. Albatta, oliy va birinchi liga jamoalari o'rtasida farq bor. Agar bugun g'alaba qozonganimizda futbolchilarda o'zlariga bo'lgan ishonch ortardi. Negadir so'nggi paytlarda imkoniyatlardan foydalana olmayapmiz. Bugun ham shu sababli mag'lubiyatga uchradik. Kamchiliklarimiz ustida ishlashda davom etadi. O'z navbatida “Andijon” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman va keyingi bosqichda ham omad tilayman.
Garchi, raqibimiz oliy liga jamoasi bo'lishiga qaramay, maydonga g'alaba qozonish maqsadida tushgandik va shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Yana bir bor aytaman, bolalar yomon o'ynashgani yo'q.

Oleg TYULKIN (“Andijon” jamoasi katta murabbiyi):
- O'yin jamoamiz ustunligi ostida o'tdi va yakunda g'alabani qo'lga kiritdik. Bugun yirik hisobda yutishimiz ham mumkin edi, ammo ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Raqib darvozasi oldida bir qator imkoniyatlar bo'ldi. Faqat bu vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Garchi kichik hisobda bo'lsa-da, kerakli natijaga erisha oldik va g'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Raqibdan kuchli edik va g'alabani qo'lga kiritib nimchorak finalga yo'l oldik. O'zbekiston Kubogining keyingi bosqichida ham muxlislarimizni xursand etishga harakat qilamiz.  
 “Mashal-2” yoshlardan iborat bo'lgan yaxshi jamoa ekanligini aytib o'tishim kerak. Tarkibida iqtidorli bolalar ko'p va ularni yorqin kelajak kutyapti deya olaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика