So’nggi yangiliklar

01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  2 23:45Италия - Исроил  4 23:45Бельгия - Франция  0 23:45Германия - Нидерландия  2 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  11 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  6 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   11

Maruful Xaqi: "O'zbekiston mezbon sifatida allaqachon musobaqaning final bosqichiga yo'l olgan. Qolgan bir yo'llanma uchun jamoalar o'rtasida yaxshigina raqobatga guvoh bo'lamiz" Yangiliklar

Maruful Xaqi: "O'zbekiston mezbon sifatida allaqachon musobaqaning final bosqichiga yo'l olgan. Qolgan bir yo'llanma uchun jamoalar o'rtasida yaxshigina raqobatga guvoh bo'lamiz"

Ertaga OFK 2023 yilgi Osiyo Kubogi saralash bahslari start oladi.

Ertangi Bangladesh va Quvayt terma jamoalari o'rtasidagi o'yin oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Dastlab unda Bangladesh bosh murabbiyi va o'yinchisi ishtirok etdi.

 

Maruful Xaqi (bosh murabbiy): "Avvalombor, gapimni O'zbekiston futbol associaciyasiga chin ko'ngildan minnatdorchilik bildirish bilan boshlamoqchi edim. Qisqa muddat ichida musobaqani qabul qilish va barcha tayyorgarlik ishlarini amalga oshirishni uddasidan chiqa olishdi. Masalan, bu erga etib kelishimiz, mehmonxonalar, ovqatlanish, avtobus masalalarida chindan ham qisqa muddat ichida katta masalalarni hal eta olishganiga hayron qoldim.

O'yinga keladigan bo'lsak, biz saralash bahslariga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik, bu paytda yigitlarning barchasini yaxshi tayyorlashga, ham manan, ham jismonan bo'lajak kuchli raqiblarga qarshi o'yinlarga tayyorlanish urindim.

Ilk o'yinimiz Quvaytga qarshi. Ular ancha shakllangan jamoa va bu o'yin oson o'tmasligi aniq. Ammo, Quvaytga qarshi o'yinga yigitlarni yaxshi tayyorlay oldik deb o'ylayman. Uchrashuvlar oldidan o'zimizga bo'lgan ishonchimiz yuqori ekanligini takidlay olaman".


Tutul Husayn Badsha: "Avvalambor, ertaga yaxshi saviyadagi raqibga qarshi maydonga tushishimizni takidlash kerak. Raqib jiddiy, ammo biz ham o'yinga tayyor ekanligimizni takidlay olaman. O'yinda qo'limizdan kelganini va o'yinni tashkil etishda murabbiyimizning aytganlarini qilgan holda, yakunda ijobiy natija qayd etishga harakat qilamiz".


- Karantin jamoaning rejalariga qay darajada tasir eta oldi?

- Hozirgi qiyin sharoit barcha jihatlarga ham tasirini ko'rsatib turibdi. Bu barchaga birday tasirini o'tkazmoqda. Barcha pandemiyani jilovlashga harakat qilmoqda. Hatto o'tgan mavsum chempionatimiz to'xtab ham qoldi, ammo keyinchalik o'yinlar davom etdi va futbolchilarimiz o'z formalariga kirib olishdi. Takidlash kerakki, FIFA jamoalarga 5tagacha o'zgarish qilish imkonini berdi va bu barchaga yordam bermoqda.

- Bu Osiyo Kubogi-2022 Olimpiada o'yinlariga yo'llanma bermaydi, Osiyoda bunaqa amaliyot ommalashib bormoqda. Yaponiya va Janubiy Koreyaga o'xshagan termalar yoshroq jamoalarga etibor qaratishadi. Bangladeshda vaziyat qanaqa? Sizlar optimal tarkib bilan keldinglarmi?

- Har bir musobaqa biz uchun muhim va doim asosiy kuchlarimizni safarbar qilamiz. O'zimiz haqimizda gapirsak, biz doim kuchli o'yinchilarni jalb qilamiz.

- Ushbu jamoada milliy termada o'ynaydigan futbolchilar bormi?

- Jamoamizda milliy termaga nomzod bo'lgan 6 nafar futbolchi bor. Tarkibda shuningdek yosh o'yinchilar ham bor, bu bilan balansni ham saqlab qolishni mo'ljallaganmiz.

- Turnirda kimning imkoniyatlarini yuqori baholaysiz va Bangladesh ularga qay darajada qarshilik ko'rsata oladi?

- Guruhimizda 4ta jamoa bor, O'zbekiston esa mezbon sifatida allaqachon musobaqaning final bosqichiga yo'l olgan. Qolgan bir yo'llanma uchun jamoalar o'rtasida yaxshigina raqobatga guvoh bo'lamiz. Yakunda shuningdek eng yaxshi ikkinchi o'rin sohiblarida ham final bosqichiga yo'l olishini hisobga olsak, barchada imkoniyat yomon emas.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика