So’nggi yangiliklar

Marselo "Real"da qolmoqchi Yangiliklar

Marselo "Real"da qolmoqchi

"Real"ning braziliyalik himoyachisi va sardori Marselo yana bir mavsum "qirollik klubi"da qolmoqchi.

Braziliyalik futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Manbaga ko'ra, "Real" 34 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirish istagi haqida xabar bermagan.

Klub rahbarlari bir nechta futbolchilar — Garet Beyl, Isko, Marselo va Luka Modrich borasida qaror qabul qilish uchun mavsum yakunini kutmoqda.

Qayd etilishicha, Beyl va Isko jamoani tark etishi mumkin, Modrichga esa rahbariyat allaqachon shartnomani uzaytirishni taklif qilgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика