Marokash 2030 yilgi jahon chempionati uchun dunyodagi eng katta stadion qurmoqchi
30 mar 2024 08:35
Yangiliklar
Marokash 2030 yilgi jahon chempionati uchun dunyodagi eng katta stadion qurmoqchi
"The Sun" nashrining yozishicha, stadion "Grand Stade de Casablanca" deb nomlanadi. Arena tribunalari 115 ming tomoshabinga mo'ljallangan bo'lib, bu JCH musobaqalarini qabul qilgan eng yirik stadion bo'ladi. Stadion Al-Mansuriya shahrida quriladi.
Marokashliklar ushbu stadion qurilishi orqali JCH-2030 finaliga mezbonlik huquqini qo'lga kiritmoqchi. SHuningdek, Ispaniya ham finalni Madrid yoki Barselonada o'tkazishga umid qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, futbol bo'yicha jahon chempionati ilk bor uch qita va oltita davlatda o'tkaziladi. 2030 yilgi jahon chempionatidagi aksariyat o'yinlar Marokash, Ispaniya va Portugaliyada o'tkaziladi. Janubiy Amerikada uchta o'yin bo'lib o'tadi. Ochilish o'yini Urugvayda bo'lib o'tadi va unda mahalliy terma jamoa ishtirok etadi. SHuningdek, Argentina va Paragvay terma jamoalari ham ochilish o'yinlarini o'z yurtlarida o'tkazadi.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar