So’nggi yangiliklar

11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  0 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  0 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  1 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  2 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  8 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  9 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  1 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  29 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0

Marlon: "Final bahsi faoliyatimdagi eng muhim uchrashuv bo'ladi" Yangiliklar

Marlon: "Final bahsi faoliyatimdagi eng muhim uchrashuv bo'ladi"

Futzal bo'yicha jahon chempionati 1/2 finali doirasida Ukrainaga qarshi o'yindan so'ng (3:2) Braziliya terma jamoasi azosi Marlon saytimizga intervyu berdi.

"Barcha tabriklar uchun minnatdorchilik bildiraman. Mening fikrimcha, bugun juda qiyin bahs bo'ldi. Ukraina ancha jiddiy qarshilik ko'rsata oldi, ammo shunga qaramay biz o'yinga qayta oldik va "kambek" amalga oshirdik. O'yin davomida o'zimizning kuchli jihatlarimizni ishga solishimiz kerak bo'ldi. Jamoa o'zining to'liq salohiyatini ko'rsata olmagan bo'lsa ham, bugungi o'yinimiz final yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun etarli bo'ldi. Biz keyingi bosqichga o'tganimizdan xursandmiz. Ukraina terma jamoasi kuchli jamoa ekanligini isbotladi. Biz bugun ularga qarshi ancha qiynaldik. Keyingi bahs bizning hayotimizdagi eng muhim uchrashuv bo'ladi. Qarshimizda ikkita kuchli terma jamoa bor. Argentina bilan bitta qitadan joy olganmiz va ular qanchalik kuchli ekanligini bilamiz. Franciya esa juda barqaror va ishonchli o'yin namoyish etib kelmoqda. Biz finalga tayyormiz", - deya fikr bildirdi Marlon.



Eslatib o'tamiz, Braziliya finalda Argentina — Franciya juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика