Markos Lorenteni ko'rish uchun salkam 10 ming km masofa bosib o'tgan muxlis u bilan uchrasholmadi
19 iyu 00:29
Yangiliklar
Markos Lorenteni ko'rish uchun salkam 10 ming km masofa bosib o'tgan muxlis u bilan uchrasholmadi
Argentinaning "Atletiko de Salta" klubi muxlisi Ezekil Oblanka sevimli futbolchisi Markos Lorenteni ko'rish uchun Ispaniyaga tashrif buyurdi.
Argentinadan 9636 kilometr masofani bosib o'tib, Madrid yaqinidagi Los-Anjeles de San-Rafael shahriga kelgan Ezekil "Atletiko Madrid" mashg'ulotiga tashrif buyurdi. Muxlisning otasi rassom bo'lib, Markosning suratini chizgan va bir vaqtlar unga sovg'a qilgan.
Ishqiboz mashg'ulotlarga tashrif buyurgan "Atletiko" avtobusi qarshisida futbolchilarni kutib turdi. Avtobusdan tushayotgan sevimli futbolchisi tomon "Lorente" deb qichqirdi, biroq Markos bu chaqiriqni eshitmadi.
Mashg'ulotdan qaytishda ham shunga o'xshash holatda yuz berdi va muxlis Lorente bilan uchrasha olmadi.
"Men u bilan suratga tushmoqchi va buni otamga yubormoqchi edim", dedi Ezekil.
Fikrlar