So’nggi yangiliklar

00:59Зидан "Реал"га қайтмоқчи эмас  0 00:25Туркия кубоги. "Галатасарой" ўз майдонида "Истанбул Башакшеҳир"ни мағлуб этди  17 00:13"Атлетико" ҳимоячиси 2 ойга сафдан чиқди  0 23:58Араб Кубоги. Марокаш Иорданияни иродали тарзда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  1 23:43Луис Энрике: "ПСЖда уч нафар топ-дарвозабон борлиги ажойиб ҳолат"  0 23:26Италия Суперкубоги. "Наполи" - "Милан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:17Самвел Бабаян: “Керакли натижага эришиш учун максимал даражада ҳаракат қиламиз”  4 22:51"Guardian" 2025 йилнинг энг яхши футболчилари рейтингини тузди: Месси қайси ўринда?  3 22:30Тебас: "ЛаЛига ўйинлари Испаниядан ташқарида бўлса нима?"  1 22:12Бруну Фернандеш: "Одамлар Португалия термаси Роналдусиз яхшироқ ўйнайди деб ўйлашади. Агарда бу шундай бўлса, айб бизда"  5 21:54"Барселона" Фликка янги шартнома таклиф қилди  3 21:15Эрон кубоги. "Трактор" пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, "Персеполис"ни турнирдан чиқариб юборди  3 20:55"Adidas" Салоҳ учун янги дизайндаги бутсаларини тақдим қилди  0 20:36"Барселона" Араухо ўрнига захира топиб қўйди  2 20:11Расман: Финалиссима Қатарда бўлади  10

Marko Kolakovich: "Paxtakor" bilan o'yinda haqli bir ochkoni qo'lga kiritdik" Yangiliklar

Marko Kolakovich: "Paxtakor" bilan o'yinda haqli bir ochkoni qo'lga kiritdik"

"So'g'diyona" Superliganing 11-tur qoldirilgan o'yinida "Paxtakor"ga qarshi maydonga chiqdi.

 Dastlab hisobda ortda borayotgan maydon egalari so'nggi daqiqalarda hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo'lim yakunlanishiga yaqin oradagi farqni qisqartirgan Marko Kolakovich o'yindan so'ng saytimizga fikrlarini bildirdi. 


So'g'diyona

Marko Kolakovich - 45', Shohruz Norxonov - 90'

Superliga. 11-tur

06/08/2022, 19:00

2
:
2
Tugadi

Paxtakor

Sardor Sobirxo’jayev - 8', Dragan CHeran - 19'

45'
90'
25'  Abdujalil Manazarov (Ayubxon Nomanov)
25'  Luka CHermel (Vitaliy Denisov)
25'  Daniel Nasriddinov (SHavkat Salomov)
45'  Marko Kolakovich
55'  Husniddin G’ofurov (Shohruz Norxonov)
79'  ZHavohir Qahramonov (Samandar Mavlonqulov)
90'  Shohruz Norxonov
8'  Sardor Sobirxo’jayev
19'  Dragan CHeran
52'  Odiljon Hamrobekov
54'  Dostonbek Hamdamov (SHahzod Azmiddinov)
65'  Pshemislav Banashak (Azizbek Turg’unboyev)
90'  Dragan CHeran (Diyor Xolmatov)
90'  Ilya Martinovich
90'  Sardor Sobirxo’jayev


- O'yin haqida...

- Oson o'yin bo'lmasligini bilib turgandik. "Paxtakor" bilan hamma jamoa qiynaladi. Ular mamlakatning amaldagi chempioni hisoblanishadi. Uchrashuvga kelsak, dastlabki 25-30 daqiqada nima uchundir o'zimizga o'xshaganimiz yo'q. Qo'pol xatolar evaziga darvozamizdan 2ta to'p olib chiqdik. Muhimi tanaffusga qadar jamoamiz bitta gol urdi. Bu ikkinchi bo'lim oldidan juda muhim edi. Bahsning ikkinchi yarimida o'yinni nazorat qilidik, vaziyatlar yaratdik. Oxirigacha kurashib haqli bir ochkoni qo'lga kiritdik, deya olaman. 

- Siz aytgan kamchilik "Qizilqum" bilan uchrashuvda ham yuz bergandi. Umuman jamoa o'yinning ilk daqiqalarida raqibga imkoniyat berib qo'ymoqda...

- "Qizilqum" bilan kechagi o'yinni solishtirib bo'lmaydi. O'shanda bizda charchoq alomatli sezilgandi. OFK kubogida 3ta muhim bahsni o'tkazib qaytgandik. Bunday qisqa vaqtda tiklanib ulgurish imkonsiz. "Paxtakor"ga qarshi esa juda katta ishonch bilan maydonga chiqdik. SHuningdek raqibni haddan ziyod hurmat qilgan holda o'ynadik. Bu o'z so'zini aytdi. 

- Bu OFK kubogida "Xo'jand" bilan bahsda jamoaga minus keltirmaydimi?

- Kechagi bellashuvni jamoamiz bilan tahlil qilamiz. Bu xato takrorlanmasligi uchun yanada etiborliroq bo'lishimiz darkor. 

- Ulug'bek Baqoev tanaffusda qanday ko'rsatmalar berdi?

- Ko'rgan bo'lsangiz, ikkinchi bo'limga katta ishtiyoq va xohish bilan maydonga tushdik. Murabbiy oxirigacha kurashish kerakligini aytdi. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика