So’nggi yangiliklar

19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  2 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  3 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  2 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  18 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  2 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  5 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  8 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  13 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  5 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  5 14:16"Арқадағ" вакиллари давлат мукофотига эга бўлди  18 13:49"Андижон" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолган "Сўғдиёна" билан баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:23Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни Тошкентда ўртоқлик ўйини ўтказади  24

Markaziy Osiyo. Abdixoliqov gol urdi, "Istiqlol" Superkubokni boy berdi, "Arkadag'"dan esa g'alabali yurish Yangiliklar

Markaziy Osiyo. Abdixoliqov gol urdi, "Istiqlol" Superkubokni boy berdi, "Arkadag'"dan esa g'alabali yurish

Markaziy Osiyo mamlakatlari futboli bilan tanishtirishda davom etamiz.

Qozog'iston

O'zbekistonlik futbolchilar

"Tobol" - Igor Sergeev

"Ordabasi" - Bobir Abdixoliqov

"Ordabasi" - SHahboz Umarov

Qozog'iston chempionatining 8-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Etiborli jihati, "Ordabasi" safida harakat qilayotgan hamyurtimiz Bobir Abdixoliqov "Qaysar"ga qarshi uchrashuvda gol urishga erishdi hamda jamoasining yirik — 4:0 hisobida g'alaba qozonishiga hissa qo'shdi. SHuningdek, ushbu bahsni yana bir hamyurtimiz SHahboz Umarov ham asosiy tarkibda boshladi hamda ikkala futbolchi ham 69-daqiqada zaxiraga olindi. 

Igor Sergeev to'p tepayotgan "Tobol" esa o'z maydonida "Qayrat"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Mazkur bahsda hamyurtimiz 56-daqiqada o'yinga qo'shildi. 

Mazkur turda ilk mag'lubiyatini qabul qilib olganiga qaramay, "Qiziljar" turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ulardan bir ochko kam jamg'argan "Astana" ikkinchi pog'onada borayotgan bo'lsa, "Ordabasi" 17 ochko bilan kuchli uchlikdan joy olgan. "Tobol" esa 11 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda.

To'purarlar jadvalida hamon Joau Paulo etakchilik qilmoqda. Braziliyalik hujumchining hisobida 7 ta gol mavjud. 

9-tur uchrashuvlari 13-14 may kunlari o'tkaziladi. Unda "Ordabasi" "Maqtaaral", "Tobol" esa "Qaysar" mehmoni bo'ladi.

Qirg'iz Respublikasi


O'zbekistonlik futbolchilar 

"Alay" - Islom Abdullaev 

"Alay" - Javohir Sohibov 

"Alay" - Abdulaziz Yusupov 

"Dordoy" - Kemran Najafaliev

"Qora Bolta" - Muhriddin Ahmedov

"Neftchi Qo'chqor Ota" - Azamat Ahmedov 

"Neftchi Qo'chqor Ota" - Muhammadali Tursunov 

"Neftchi Qo'chqor Ota" - Dostonjon Rashidov 

"Neftchi Qo'chqor Ota" - Otabek Haydarov 

"Neftchi Qo'chqor Ota" - Javohir Rasulov 

"Talant" - Muhammadqodir Rahimberganov 

"Oshmu Aldier" - Abdulbori Vositjonov 

"Oshmu Aldier"- Akrom Xodjaev

"Oshmu Aldier" - Maradona Safarov

"Oshmu Aldier" - Po'latjon SHaripov 

"Oshmu Aldier" - Muhammadali Ashurov

"Oshmu Aldier" - Aburahmon Abdulhaqov 

"Oshmu Aldier" - Elnur Turg'unov 

"Oshmu Aldier" - Akmaljon Yuldashev

Qirg'iz Respublikasida 7 va 8-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Ikki turdan keyin ham etakchi o'zgarmadi — "Abdish-Ata" hamon peshqadamlik qilmoqda. Ulardan ikki ochko ortda qolayotgan "Alay" esa 2-o'rinda bormoqda. Kuchli uchlikka "Alga" yakun yasagan. 

Tojikiston

O'zbekistonlik futbolchilar

"Xo'jand" - Xushnudbek Bozorov 

"Xatlon"  - Rustam Qo'chqorov

"Fayzkand" -  Zufardjon Akbaraliev

"Esxata" - Olimjon Karimov

"Esxata" - Sanjar Rixsiboev

"Xosilot" - Temur Mamatmurodov

"Ko'ktosh" - Temur Masharipov

"Ko'ktosh" - Muhiddin Odilov

Tojikistonda mamlakat superkubogi o'tkazildi. Unda Dushanbening "Istiqlol" va Kulobning "Ravshan" klublari kurash olib bordi. Mazkur o'yinda ko'pchilik g'alaba qozonishini kutmagan "Ravshan" 1:0 hisobida g'alaba qozonib, o'z titullarini boyitdi. Eslatib, o'tamiz, mazkur jamoalar chempionatning avvalgi turida ham o'zaro bellashgandi va o'shanda superkubok sohiblari xuddi shu hisobda ustun kelgandi.

«Istiqlol» (Dushanbe) – «Ravshan» (Kulyab) – 0:1

Gol: Amirjon Safarov, 7.

«Istiqlol» (Dushanbe): Rustam Yatimov, Sedrik Gogua, Djozef Okoro, Tabrez Islomov (Alidjoni Ayni, 80), Sayyodi Kovussho (Romish Jalilov, 46), Sodikjon Kurbonov, Daler Imomnazarov (SHervoni Mabatshoev, 46), Exsoni Panjshanbe, Amadoni Kamolov, Alisher Jalilov, Manuchexr Jalilov. 

«Ravshan» (Kulyab): Evgeniy Gricenko, Xolmurod Nazarov, Samuel Ofori, SHaxriyori Inoyatullo (Amirdjoni Farruxzod, 82), Baxtovari Xurshed, Aydan Okran, Emmanuel Maabuax (Kris Emmanuel Kakou, 90+6), Abbos Andalibov, Jozef Akomadi, Muxammadsharifi Saidxudja, Amirjon Safarov (Toxir Malodustov, 71).

Ogohlantirishlar: Baxtovari Xurshed, Amirjon Safarov, Emmanuel Maabuax, Aydan Okran, Jozef Akomadi, Evgeniy Gricenko, Nematullo («Ravshan»).

SHuningdek, mamlakat chempionatining 8-tur o'yinlari ham boshlandi hamda 10 mayga qadar davom etadi. Mazkur turda Xo'jand shahrining "Esxata" klubi navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritib, 1-pog'onaga ko'tarilib oldi. Agarda "Istiqlol" ushbu turdagi o'yinida g'alaba qozonsa, peshqadamlikni qaytarib oladi.

Turkmaniston

Turkmanistonda ham mamlakat chempionatining 5-tur o'yinlari o'tkazildi. Kutilganidek, hech qanday sensaciya qayd etilmadi. Yangi tashkil etilgan "Arkadag'" navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi va turnir jadvalida peshqadamlik qilishda davom etmoqda. Ushbu turda yirik hisobda g'alaba qozongan "Nebitchi" esa peshqadamni taqib etmoqda. 

#KomandyIVNPMO
1.“Arkadag'” FK440014-312
2.“Nebitchi” FK43108-210
3.  “Kopetdag” FK53117-710
4.“Altyn Asyr” FK42207-28
5.  “Ashxabad” FK42025-76
6.  “Axal” FK51043-73
7.“Energetik” FK51041-73
8. “Merv” FK41034-83
9. “SHagadam” FK51043-93


CHempionatning 6-tur uchrashuvlari 12-13 may kunlari o'tkaziladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика