So’nggi yangiliklar

11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  0 10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  0 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  4 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  3 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1 08:08МЮ раҳбарлари тен Хаг борасида бир қарорга кела олишмади  9 07:33Салоҳ ва де Брюйне келаси мавсум жамоадош бўлишлари мумкин  1 02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  2 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  7 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  1 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  21 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  10

Mario Balotelli: "Mahorat borasida Messi va Ronaldu darajasida edim, ammo barcha imkoniyatlarni boy berdim" Yangiliklar

Mario Balotelli: "Mahorat borasida Messi va Ronaldu darajasida edim, ammo barcha imkoniyatlarni boy berdim"

"Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi Nedum Onuoxa Mario Balotelli o'zini Messi va Ronaldu bilan solishtirganini yodga oldi.

"Biz "Manchester Siti"da 2011/12 yilgi mavsumda atigi yarim yil birga o'ynadik, ammo bu vaqt Angliyaga 20 yoshida tashrif buyurgan yigitchani tushunish uchun etarli edi.

Men doim bir voqeani eslayman. Bazada kimdir Krishtianu Ronaldu va Lionel Messini muhokama qilardi. Mario suhbatga qo'shilib, ulardan yomonroq o'ynamasligini aytdi.

Xonadagi hamma jim bo'lib qoldi, lekin Marioning yuzi umuman o'zgarmadi. U bu gapni jiddiy qiyofada aytdi.

Mario chindan ham boshqalardan farq qilardi. Men u bilan o'tgan hafta gaplashdim va bu odam butkul o'zgargani guvohi bo'lib, ko'zlarimga ishonmadim.

Messi va Ronaldu haqidagi suhbat haqida gapirar ekan, Mario shunday deydi: "Men ular bilan bir saviyada bo'lish uchun bir nechta imkoniyatlarni boy berdim. Lekin mahorat borasida ular bilan bir xil bo'lganimga yuz foiz aminman. Biroq barcha imkoniyatlarni boy berdim.

Hozir ular bilan bir saviyadaman, deya olmayman. Ronaldu nechta "Oltin to'p" qo'lga kiritgan? Beshtami? Hech kim o'zini Messi va Ronalduga tenglashtira olmaydi. Agar futbolchilik mahorati haqida gapiradigan bo'lsak, menda hasad qiladigan hech narsa yo'q", - deya Onuoxa Balotellining so'zlarini keltirdi.

Mario hozirda Turkiyada "Adana Demirspor" jamoasida to'p suradi. U joriy mavsum chempionatning 22 o'yinida 10 ta gol urdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика