So’nggi yangiliklar

15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  0 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  1 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  1 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  5 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  5 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  1 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  1 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  4 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  22 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  3

Marhum Nikolay SHirshov oilasiga yordam berishni xohlaysizmi? "Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuviga marhamat! Yangiliklar

Marhum Nikolay SHirshov oilasiga yordam berishni xohlaysizmi? "Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuviga marhamat!

Nikolay SHirshov... Bu nomni eshitganda ko'pchilikning hayolidan termamiz tarkibida uzoq vaqt davomida 22-raqam ostida harakatlangan futbolchi kelishi shubhasiz.

Ayniqsa, 2002 yilgi JCH saralashi doirasidagi Xitoyga qarshi so'nggi o'yin muxlislarning hali ham yodida bo'lsa, ajab emas. Gap shundaki, so'nggi o'yinda ham bizda hech bo'lmaganda pley-offga chiqish uchun nazariy imkoniyat bor edi. Buning uchun termamiz bu bahsda g'alaba qozonishi, guruhdagi boshqa raqiblarimiz hisoblangan, BAA - Ummon bahsida esa mehmonlarning qo'li baland kelishi kerak edi. Uchrashuvning so'nggi daqiqalari o'tib borayotganda, SHirshov xitoyliklar darvozasini uzoq masofadan ishg'ol qildi va bu quvonchini muxlislar bilan baham ko'rdi. Bu xursandchilikning sababi esa stadionda BAA - Ummon bahsida, mehmonlarning qo'li baland kelgani haqida noto'g'ri malumot ketgani sabab bo'lgan edi. Keyinchalik esa, g'alaba qozonganimizga qaramay pley-offga ilina olmaganimiz oydinlashgandi.

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, SHirshov Rossiyada yosh futbolchilarga murabbiylik qilib kelayotgandi. 2021 yilning 28 dekabr kuni noxush xabar barcha o'zbekistonlik futbol muxlislarini ranjitdi: Nikolay SHirshov vafot etdi...

Uning o'yinlarini ko'rib katta bo'lgan insonlar bunga ishonishmasdi. Afsuski endi u oramizda yo'q. Bir necha yil davomida "Paxtakor" klubida to'p tepgan Nikolay SHirshovni "xalq jamoasi" yodidan chiqarib qo'ygani yo'q.

29 iyun kungi "Bunyodkor"ga qarshi bahsda muxlislar xarid qilgan chiptalardan tushgan mablag' to'lig'icha Nikolay SHirshovning oilasiga o'tkazib beriladi. SHunday ekan chorshanba kungi bahsda stadionga tashrif buyurishni va o'zbek futboli afsonalaridan birining oilasini qo'llab-quvvatlashga o'z hissangizni qo'shingizni so'rab qolamiz.




Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuvi 29 iyun kuni soat 20:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi. 


Paxtakor

Abbosbek Fayzullayev - 18', Farrux Sayfiev - 86'

Superliga. 13-tur

29/06/2022, 20:00

3
:
2
Tugadi

Bunyodkor

Jasur Hakimov - 51', Umarali Rahmonaliyev - 81', Umarali Rahmonaliyev - 90'

45'
90'
18'  Abbosbek Fayzullayev
67'  Xojimat Erkinov
73'  Diyor Xolmatov (Xozhiakbar Alizhonov)
86'  Farrux Sayfiev
46'  Farxod Miraxmatov (Bilol Tupliev)
51'  Jasur Hakimov
56'  Francis Narx (Usmonali Ismonaliev)
72'  Jasur Hakimov (Rasul Yo'ldoshev)
81'  Umarali Rahmonaliyev
90'  Umarali Rahmonaliyev
90'  Umarali Rahmonaliyev (G'ayrat Azizxo'zhaev)
90'  Ibrohim Tomiva (Husayin Ergashboev)

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика