So’nggi yangiliklar

12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   3 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  16 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  24

Marat Auezniyazov: "SHo'rtan" bilan teng o'yin bo'ldi" Yangiliklar

Marat Auezniyazov: "SHo'rtan" bilan teng o'yin bo'ldi"

O'zbekiston kubogi guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Jayxun" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Marat Auezniyazov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Yaxshi o'yin guvohiga aylandik. "SHo'rtan" Pro liga jamoasi hisoblanadi. Umuman o'yin jihatdan tenglik bo'ldi. Lekin baribir darajada farq kuzatildi. Men jamoamdagi yigitlardan mamnunman. Qiladigan ishlarimiz ko'p. Hujumda kamchiliklarimiz bor. Maqsadimiz chempionat o'yinlarida munosib ishtirok etib, Pro ligaga yo'llanma olish",- deydi Marat Auezniyazov. 


- Guruhdan chiqadigan jamoalar orasida "Jayxun"ni ko'ramizmi? 

- Ochig'i bilmadim. "Bunyodkor" bilan uchinchi turdan keyin ko'ramiz. 

- Ikkinchi bo'limda jamoa faolroq harakat qildi. O'yinni avvalroq hujumkor ruhda boshlash o'yin natijasiga tasir qilar edimm? 

- Yigitlarga xotirjam futbol o'ynashimiz kerakligini aytgandim. Futbolchilarda sarosima bor. Bu ikkinchi o'yinimiz. Birinchi bo'limdan keyin ham bosimsiz harakat qilishni takidladik. 

- O'tgan o'yinda yo'l qo'yilgan kamchiliklardan qaysi biri bugun takrorlandi? 

- Indvidual kamchiliklarimiz ko'zga tashlandi. To'pni nazorat qilishda, birga-bir vaziyatlarda bilindi. 

- "Bunyodkor" oxirgi 3 ta o'yinda durang natija qayd etdi. "Jayxun" bu jamoaga qarshi qanday tayyorgarlik ko'radi? 

- Maydonga tushgandan keyin faqat g'alaba uchun o'ynaysiz. 

- Rahbariyat tomonidan klubga kubokda natija qilish qo'yilganmi yoki chempionatda? 

- To'g'risi chempionatda natija qayd etish vazifasi qo'yilgan. Kubok o'yinlarida Pro liga, Superliga jamoalari bilan o'ynayapmiz. Yigitlar o'yindan-o'yinga o'sishga erishishadi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика