So’nggi yangiliklar

16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  1 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  4 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  2 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  0 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  9 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  5 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  12 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  3 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  3 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  14 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  11 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0

Maqsudovdan nega istefo so'rashdi? Yangiliklar

Maqsudovdan nega istefo so'rashdi?

"Olimpik" poytaxt "derbicha"sida "Bunyodkor"ni ayab o'tirmadi (1:5).

Timur Kapadze shogirdlari Superligadagi birinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Muhtasham arenaga yig'ilgan muxlislar esa "qaldirg'ochlar" ustozi SHuhrat Maqsudovdan istefo so'rab, uning o'rnini Viktor Karpenko egallashini talab qilishdi. 

Albatta, sharmandali mag'lubiyat. "Bunyodkor" o'z maydonida tarixda ilk bor 5 ta to'p o'tkazib yubordi. Ammo, masalaning 2-tomoni ham bor.

Murabbiy o'tgan mavsum oxirida ("Paxtakor" bilan o'yindan keyin) matbuot anjumanida ishtirok etib, jamoa ishqibozlarini kamsitgan edi: "Bosh homiymiz, xususan, Mehriddin Razzoqovichga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Yuzta muxlisdan birgina mana shunday inson bo'lgani yaxshi".

Bu gap jamoaning haqiqiy ishqibozlarini xafa qilgani aniq. SHu tufayli ular Maqsudovning xatolarini hazm qila olishmayapti.

Biroz avval o'tkazilgan matbuot anjumanida shunday fikr yangradi: "Ishga qo'yish yoki istefoga chiqarish muxlislarning ishi emas"

Bu o'rtadagi toqatsizlikni yanada kuchaytirishi mumkin. Agar keyingi o'yinlarda ham shunday hayqiriqlar eshitishni xohlamasa, jamoa rahbariyati va murabbiy ertagayoq klub muxlislari bilan uchrashuv tashkil qilib, murosa ko'chasini topishi kerak. Aks holda, jamoatchilik "Bunyodkor"ning rostan ham muxlislar uchun emas, bosh homiy uchun o'ynashiga ishonib qoladi. 

Muallifning boshqa fikrlarini kuzatish uchun telegram-kanalga azo bo'lishni unutmang.

Muallif :
Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика