So’nggi yangiliklar

01:01АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 0:0 (матнли трансляция)  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  17 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:56"Реал" — "Эльче". Таркиблар маълум  2 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  0 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  2 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  1 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  14 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  2 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  20 19:45ОПЛ. "Сабаҳ" бу сафар рақибига жавобсиз 5 та гол урди  0

Manuel Noyer: “To'g'ri yo'nalishda bir qadam tashladik” Yangiliklar

Manuel Noyer: “To'g'ri yo'nalishda bir qadam tashladik”

Teglar :  Bavariya Noyer
“Xoffenxaym” bilan bundesliganing 2-tur o'yini jahon chempioni Manuel Noyer uchun dahshatli boshlandi: 9-soniyadayoq (!) Kevin Folland uning darvozasini ishg'ol qildi.

Lekin “Bavariya” 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Jerom Boatengning chetlatilishi va penalti belgilangani ham bunga xalal bermadi. “DFB.de” sayti myunxenliklar posboni bilan suhbatlashib, bundesliga tarixidagi eng tezkor gol, Polanskining penalti tepishdagi omadsizligi va Xoffenxaymdagi o'yin taassurotlari haqida savollarga javob oldi.

- Janob Noyer, siz 9-soniyada gol o'tkazib yubordingiz. Bu bundesligada tarixidagi eng tez gol sanaladi. Siz to'pga tegishga ulgurmay, “Xoffenxaym” oldinga chiqib oldi. Avval shunday holat siz bilan ro'y berganmi?

- Yo'q, lekin vaqtli gol kechidan ko'ra yaxshiroq. Bizda o'yin taqdirini o'zgartirish uchun etarlicha vaqt qolgandi.

-Bunday startdan keyin nima ro'y berdi? Follandning golini qanday hisoblaysiz?

-Biz hali suratga kirib ulgurmagandik. Boateng va Alaba o'rtasida tushunmovchilik yuzaga keldi. David ortga noaniq pas berdi va Jerom uni egallashda xato qildi. O'sha erda Folland paydo bo'ldi.

-Keyin siz sirpanib ketdingiz.

- Men to'p yaqinroq kelayotganini ko'rib oldinga chiqdim va sirpanib ketdim. Lekin sirpanmaganimda raqibga nisbatan qo'pollik ishlatishim mumkin edi, chunki o'yinchi to'pga yaqinroq kelib qolgandi. Vaziyat yomonroq tugashi ham ehtimoli bor edi.

-Penalti va Boatengning chetlatilishi haqida nima deysiz?

- To'p uning qo'liga tegdi, biroq tanasi qo'l ortida qolgandi. Qoida aynan shunday yo'l tutishni ko'rsatishiga amin emasman.

- Polanskini penaltidan avval chalg'itishga harakat qildingizmi?

- Hakamga to'p nuqtaning zarur joyida turmaganini aytdim. Polanski to'pni siljitdi va mo'ljaldan adashdi. So'zlarim uni asabiylashtirganini bilmayman.

- Sizga to'sin ham yordam berdi.

- Men kerakli burchakka tashlandim. To'p sonimga tegdi. Davil Alaba esa o'yin boshidagi xatosidan keyin to'liq etiborli bo'lib ulgurgandi.

- Levandovskining so'nggi daqiqadagi goli va g'alabani siz rosmanasiga quvonch bilan nishonladingiz. Zaxira o'rindig'ida o'tirgan darvozabonlar murabbiyi Toni Topalovich yoniga yugurib keldingiz.

-Bu haqiqiy hissiyot edi. O'sha g'alaba bilan SHtutgartda 2014 yil erishilgan muvaffaqiyatni eslatib yubordi. O'shanda Tiago so'nggi soniyalarda bizni qaychi uslubidagi ajoyib zarba bilan oldinga olib chiqqandi. Maydonda 10 kishi bo'lganimiz sababli yanada quvonchliroq bo'ldi. Bu o'tgan turda “Gamburg” ustidan qozonilgan g'alaba emas.

- Erta gol va maydondan chetlatilgan o'yinchi tufayli g'alabani qanday baholaysiz?

- O'ylashimcha, bugun biz to'g'ri yo'nalishda yana bir qadam tashladik. Ajoyib o'yin ko'rsatdik. Harakatlarimiz ideal bo'ldi, o'yin va to'pni nazorat qildik. O'yin boshidagi omadsizlikdan keyin ham o'zimizni yo'qotib qo'ymadik. Biz yaxshiroq bo'ldik va 10 futbolchi bilan ham golli vaziyatlarni yuzaga keltirdik.

-Bu irodali g'alaba bo'ldimi?

-Barcha o'yin sifatida. Biz falsafamizga mos tushgan holda zafar quchdik. Ko'proq ustunlik qildik. Ko'plab imkoniyatlar bo'ldi, faqat birinchi golda omad kulib boqmadi. Agar bir ochko bilan qaytganimizda shunchaki kulguli bo'lardi.

- Jamoa hisobida 2 o'yinda 2 g'alaba mavjud. Jamoa ideal o'yin suratiga tushib olishiga yana vaqt zarurmi?

- Yaxshi holatga kirib boryapmiz. Bugun bizga maydonda kim o'ynayotganidan qati nazar barcha futbolchi kerak ekanligini isbotladik. Ular maydonda ajoyib harakat qilishdi.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика